A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Metodbirlashmalar va ularning faoliyati



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə66/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

2. Metodbirlashmalar va ularning faoliyati.
O‘qituvchining ijodiy - tadqiqot faoliyatini tashkil qilish.
O‘qituvchining ijodiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etilishida, yaratish, sinab ko‘rish, muhokama qilib baholash, qayta ishlash va tatbiq etish mehanizmlarini amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Buning uchun birinchi navbatda muammo belgilanib olinadi, yechimini topish uchun rejalashtiradi. Masalan: o‘quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etilishi metodlari, har bir sinfda qo‘llash mumkin bo‘lgan zamonaviy o‘qitish metodlari, AKT dan foydalanish kabilar. Ikkinchidan belgilab olingan muammoning yutuq va kamchiliklarini, yechimini topish uchun metodbirlashmalar a’zolari birgalikda bitta fanga oid mavzuni belgilab, dars jarayonini o‘tish rejasini ishlab chiqadilar.
So‘ngra ishlab chiqqan reja asosida o‘qituvchi dars o‘tadi. Qolgan metodbirlashma a’zolari darsni kuzatadilar. Darsni kuzatish jarayonida har bir o‘qituvchiga vazifalar beriladi. Masalan: bir o‘qituvchi dars jarayonini videotasvirga tushirish, ikkinchi o‘qituvchi darsda o‘quvchilarning mustaqil ishlash jarayonidagi faoliyatini kuzatish, uchinchi o‘qituvchi esa qo‘llanilayotgan metodga qancha vaqt ketganligini va uning samardorligini kuzatishi zarur.
Shundan so‘ng metodbirlashma a’zolari o‘tilgan dars yuzasidan fikr bildiradilar va tuzatishga oid berilgan takliflarni muhokama qiladilar, va qayta ishlaydilar. Qayta ishlab chiqilgan dars rejasi barcha fan o‘qituvchilariga taklif etiladi.
Bir mavzu bo‘yicha dars rejasi ishlab chiqilgandan keyin boshqa mavzu olinadi. Shu tariqa murakkab bo‘lgan mavzularni o‘tish rejasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Bunday ishlash orqali zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish samaradorligi oshiriladi, o‘qituvchilarning hamkorlikda o‘qitish va bir-biriga o‘rgatish imkoniyatini beradi.
O‘qituvchining kasbiy mahorati va malakasini oshirib borish.
O‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratini va malakasini oshirishi uchun o‘quvchilarga berilgan dars jarayonidagi kamchilik va yutuqlarni tahlil qilishi va monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Shunda ular quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi zarurligini anglaydi:
- o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish;
- pedagogik mahoratni shakllantirish;
- zamonaviy pedagogik texnologiyalarni izlash;
- o‘zini o‘zi kasbiy va pedagogik rivojlantirish.
Buning uchun har bir o‘qituvchi dars jarayonidagi o‘z yutuq va natijalarini tahlil qilish maqsadida hujjatlar va ishlar namunalarining yig‘indisidan portfolio yaratish lozim.
Portfolio (inglizcha portfolio - portfel, zarur ishlar va hujjatlar uchun papka ) - bu o‘qituvchining ma’lum bir dars jarayonida individual yutuqlarini belgilash, to‘plash va baholash usulidir. Portfolio - ta’lim va kasbiy faoliyatning natijalarini autentlik baholash usulidan foydalaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyasidir. U o‘qituvchilarni o‘z-o‘zini kuzatish va o‘z ustida ishlashi uchun muhim sanaladi.
Turli zamonaviy lug‘atlardagi ma’lumotlarga ko‘ra shuni aytish mumkinki, portfolio - bu o‘qituvchining aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari hisoblanadi. Bu o‘z ichiga hujjatlar to‘plamini, kasbiy mahoratni, ta’lim muammolarini hal etish yo‘llarini qamrab oladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin