A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad,vazifalari va uni bajarish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə80/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

4. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad,vazifalari va uni bajarish.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari.
Bitiruv malakaviy ishni bajarish oliy ta’lim muassasasi bakalavriatida talabalarni o‘qitishning yakuniy bosqichidir.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad:
- ta’lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo‘llash;
-ijodiy ishlash, hal etilayotgan masalaning (muammoning) qo‘yilish jarayonidan boshlab, uni to‘la nixoyasiga yetkazish bo‘yicha qaror qabul qilishda bo‘lgan ma’suliyatni his etishga o‘rgatish;
-zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta’minlashdan iborat.
Muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari ta’lim yo‘nalishlarida bitiruv malakaviy ishi uning shakllaridan biri bo‘lgan diplom loyihasi sifatida tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 apreldagi «Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PK-847-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining 2008 yil 31 iyuldagi № 16/226-sonli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarida diplom loyihasini tayyorlash va himoya qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga asosan bajariladi.
Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, texnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy ta’lim muassasasi yoki fakultetning Ilmiy kengashi tomonidan tasdiklanadi hamda har o‘quv yili boshida qayta ko‘rib chiqiladi.
Bitiruv malakaviy ishlar mavzusining yillik ro‘yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida e’lon qilinadi.
Talabalarga (reytinglari bo‘yicha kamayish tartibida) bitiruv malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘ini to‘layotgan buyurtmachi zaruriy asoslar bilan bitiruv malakaviy ishlar mavzusi bo‘yicha o‘z variantlarini taklif etishlari mumkin.
Bitiruv malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo‘yicha rektorning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ish rahbari, bitiruv malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaga bitiruv malakaviy ishga tegishli materiallarni to‘plash bo‘yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o‘tkazish davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy ta’lim muassasaning o‘quv bo‘limi tomonidan belgilanadi.
Topshiriq bitiruv malakaviy ish bilan birgalikda Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin