A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Bitiruv malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə81/88
tarix24.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#190984
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Bitiruv malakaviy ishni bajarishga rahbarlik qilish
Bitiruv malakaviy ishlarga raxbarlar ushbu oliy talim muassasasining professor va dotsentlari yoki ilmiy xodimlari,boshqa muassasa va korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari safidan tayinlanadi.
Bitiruv malakaviy ish rahbari:
- topshiriq beradi;
- bitiruv malakaviy ishining bajarilish jadvalini rejalashtiradi;
- asosiy adabiyotlar, ma’lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etadi;
- talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar o‘tkazadi;
- bitiruv malakaviy ishining bajarilish jarayonini nazorat etadi;
- talaba bajargan bitiruv malakaviy ishining sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularning qaytarilishiga yoki boshqa manbalardan aynan ko‘chirilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bitiruv malakaviy ish raxbarining taklifiga binoan, kafedra bitiruv malakaviy ishga rahbarlik qilishga ajratilgan vaqt byudjeti xisobidan ishning ayrim bo‘limlari bo‘yicha konsultantlarni taklif etishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning bo‘limlari bo‘yicha konsultant (maslaxatchi)lar etib, oliy ta’lim muassasasining professorlari va dotsentlari, ilmiy xodimlari hamda boshqa muassasa korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari tayinlanishi mumkin. Konsultantlar talaba bajargan ishning muvofiq qismini tekshiradi, tegishli ko‘rsatmalar beradi.
Mutaxassis chiqaruvchi kafedra bitiruv malakaviy ishga qo‘yiladigan talablar xajmini belgilagan xolda bitiruv malakaviy ishni bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqadi va ular bilan talabalarni ta’minlaydi.
Bitiruv malakaviy ish berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan bajariladi.
Bitiruv malakaviy ishning har bir bo‘limi muvofiq, asoslar, qarorlar va xulosalar bilan yoritiladi. Bitiruv malakaviy ishda, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma’ruzalar va maqolalari, xisob grafika ishlari, kurs ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko‘rsatilgan holda) ishlari, tahliliy – qiyosiy ma’lumotlar sifatida aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin.
Tushintirish qismi (poyasnitelnaya zapiska) bitiruv malakaviy ishning mazmunini qisqa va muayyan shaklda ifodalashi lozim zaruriy hollarda tushintirish qismga grafiklar, rasmlar, eskizlar, diagrammalar, sxema va boshqalar, shuningdek, zaruriy qo‘shimcha axborot yozilgan elektron shakldagi ma’lumotlar ilova etilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishlarning tarkibiga bitiruv malakaviy ishning mavzusi, maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda elektron shakldagi taqdimot materiallari kiritilishi mumkin.
Tushintirish qismi kamida 10-15ming so‘z xajmida belgilanadi.
Chizmalarning formati, shartli belgilari, shrift va masshtablari amaldagi standartlar talablariga qat’iy muvofiq kelishi zarur, odatda chizmalar A2 formatli qog‘ozda (5-6 varaq xajmida) qalamda bajariladi yoki texnika vositalari orqali tayyorlanib, ekranda elektron doskada ko‘rsatiladi. Arxitektura yo‘nalishidagi chizmalarga qo‘yiladigan talablar ularga muvofiq keluvchi o‘quv-uslubiy birlashmalar (assotsiatsiyalar) tomonidan belgilanadi.
Kafedraning tavsiyasiga binoan bitiruv malakaviy ish chet tillarning birida bajarilishi mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova etiladi va himoya vaqtida tarjima ta’minlanadi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin