Bilish kompetensiyasi bilim olish, o‘qish va o‘rganish; mustaqil ravishda izlanish, tahlil qilish va atrof-
olamni tushunish uchun kerakli ma'lumotlarni tanlash qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Harakat va o‘zaro
munosabatlar orqali bolalar bilim olish va o‘rganish strategiyalarini ishlab chiqadilar. Ular atrof-
olamdagi yangi ob’yektlarni o‘rganadilar va kashf etadilar. Boshqalar bilan o‘yin va o‘zaro muloqot
jarayonida ular kuzatadilar va tajriba o‘tkazadilar. Ular muammolarni tushunish va hal qilish uchun
yangi imkoniyatlar topadilar. Ular o‘zlarining kashfiyotlari bilan o‘rtoqlashadilar va asta-sekin mustaqil,
o‘z-o‘zini boshqaradigan, tahlil qila oladigan va ijodkor shaxsga aylanadilar.
Bolalar muammoni hal qilishga e'tibor qaratishlari, muammolarni hal qilish strategiyalarini ishlab
chiqishlari va atrofdagi dunyoni tushunish va tushuntirish uchun maqsadlar qo‘yishda kognitiv
qobiliyatlarini ishga solishlari mumkin. Bolalar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini davom ettirishlari,
o‘rganishdan zavqlanishlari va o‘rganganlarini baham ko‘rishlari, kashfiyotlarini boshqalar bilan
bo‘lishishlari mumkin.
3.2. BOLANING RIVOJLANISH SOHALARI KOMPETENSIYALARI Rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarni o‘zaro bog‘liq holda takomillashtirish bolaning har
tomonlama rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, uning maktab ta'limi bo‘lgan keyingi bosqichiga
muammosiz o‘tishi va unga tayyor bo‘lishi, boshlang‘ich ta'limda kompetensiyalarni shakllantirishi
uchun zarurdir.
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
●
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi ●
ijtimoiy-hissiy rivojlanish ●
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari ●
bilish jarayonining rivojlanishi