6. Dasturni amalga oshirish shartlari Bu bo‘limda moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanganlik, o‘quv-uslubiy
ta'minlanganlikni
(dasturlar, texnologiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy- uslubiy va o‘quv adabiyotlari, bolalar va ota-onalar uchun adabiyotlar, internet resurslari, o‘quv kompakt disklari, didaktik materiallar, hujjatlar) taqdim etish tavsiya etiladi.
6.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim muhitining xususiyatlari ●
rivojlanish muhitining individual yo‘naltirilganligi
(uni ta'minlash shartlari) ;
● rivojlanish markazlarini tashkil etish;
● asosiy jihozlar;
● o‘quv-uslubiy ta'minot;
● bola rivojlanishining muhim sohalariga qaratilgan asosiy didaktik va
uslubiy qo‘llanmalarning xususiyatlari.
TAVSIYALAR Ta’lim dasturining mazkur bo‘limini to‘ldirishda quyidagilarni ko‘rsatish muhimdir ● MTT rivojlanish muhitida foydalaniladigan yaxlit asosiy komponentlar
(guruh, suv havzasi, tasviriy san'at studiyasi, tabiat xonasi va boshqalar); ● MTT binosi va yer maydonida joylashgan foydalanilayotgan asosiy jihozlar.
Masalan, u jadval shaklida taqdim etilishi mumkin:
Jihozlar ro‘yxatiga qo‘shimcha ravishda, qo‘llaniladigan uslubiy va didaktik yordamning tavsifi – o‘quv
dasturini bu bo‘limining muhim qismi bo‘lib hisoblanadi, chunki haqiqiy ta’lim va tarbiya jarayonining
mazmunini aynan shu belgilab beradi. Mumkin bo‘lgan barcha ro‘yxatlardan pedagoglarga faqat eng
zarur jihozlarni ko‘rsatish tavsiya etiladi, bu ularni davlat talablariga muvofiq bolalar rivojlanishining
asosiy sohalariga ham yo‘naltiradi.
Masalan, u jadval shaklida taqdim etilishi mumkin