Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1615-1621
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 1616 www.ares.uz
Texnika Oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarning malakaviy darajasi
jahon tajribasida qabul qilingan talablarga javob berishi oliy ta’lim muassasasi
professor-o‘qituvchilaridan samarali masofaviy ta’lim
texnologiyalaridan keng
foydalanishni, jumladan virtual metodik ta’minot bo‘yicha yangi pedagogik
texnologiyalarni yaratish va uni o‘qitishda qo‘llash kabi masalalarni kun tartibiga
qo‘ymoqda [1].
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA
Hozirgi vaqtda o‘qitishda axborot-kommunikatsion
texnologiya va elektron
hisoblash texnologiyalarini qo‘llash ta’lim muassasalarida ta’limni rivojlantirishning
yangi bosqichini boshlab berdi. Elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi
texnologik jarayonlarni o‘rganish va uni tahlil
qilishda masalani matematik
modellashtirish va uni yechishning imkoniyatlarini oshirmoqda.
Belgilangan
texnologik maqsadlarga erishishda masalan, elektr va elektron sxemalarni ishlab
chiqish va modellashtirish uchun turli xil apparat va dasturiy vositalar ishlatiladi [2].
AQShning “National Instruments” firmasi tomonidan yaratilgan “Multisim”
dasturi
elektr zanjirlar, elektron sxemalar va raqamli qurilmalarni mantiqiy
modellashtirish uchun asboblarni o‘z ichiga olgan sodda va o‘rganilishi oson bo‘lgan
dasturlardan biri hisoblanadi. Ushbu dasturning o‘ziga xos xususiyati shundaki,
undan qurilmalarning elektron va elektr zanjirlarini modellashtirish, sxemalarni vitual
ko‘rinishda yig‘ish,
ishga tushirish, shuningdek ularni hisob-kitoblarini amalga
oshirish va grafiklar tuzish mumkin [3,5].
Ushbu maqola
RLC
elektr zanjirini xarakterlovchi
differensial tenglamani
tuzish va uni yechish, ushbu elektr zanjirini Multisim dasturida yig‘ish va natijalarni
vizual ko‘rinishda tasvirlash orqali zanjir tebranishlarining fizik mohiyatini
taqqoslama tahlil qilish usullariga bag‘ishlangan.
RLC
elektr zanjirini doimiy kuchlanish manbaidan uzib qo‘yilganda zanjirida
ro‘y beradigan o‘tkinchi jarayonni ko‘rib chiqamiz. [10,11].
Dostları ilə paylaş: