159
Energiya menejmenti (energomenejment) nazariyasi nafaqat energiya
resurslarini boshqarishning texnik jixatlariga evaziga,
balki tashkilotning
motivatsion, axborot va marketing masalalari bilan ham bog'liq bo'lgan
nazariya asosida samaradorligini oshirish imkonini beruvchi uslubdir.
Energetika menejmenti, energiya resurslarini boshqarish bo'yicha
faoliyat turini, shuningdek energiya samaradorligini oshirishni energiya
boshqaruv nazariyasi va qoidalariga asoslangan holda ko'rib chiqadi. Shu
bilan bir qatorda energetik menejment tushunchasi ostida,
korxonaning
energiya resurslarini samarali iste‘molini boshqarib turuvchi tarkibiy
bo‘linmasi ham tushuniladi.
Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, energetika resurslarini menejmenti
nazariyasidan jiddiy foydalanadigan sanoat korxonalari energiya sarfini
30% gacha qisqartirishgan. Bu ishlab
chiqarish rentabelligini va
raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirdi.
Energiya
menejmenti,
energiya
auditining
energiya
sarfini
baholashidan olingan natijalarga asoslanib, energiya samaradorligini
oshirish muammosini hal qiladi.
Dostları ilə paylaş: