A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə24/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

1.5. Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari 
«Resurs» - bu frantsuzcha so`z bo`lib, imkoniyat degan ma'noni
anglatadi.
Tabiiy resurslar
– bu inson o`zining hayot faoliyati uchun
tabiatdan oladigan va kelajakda olishi mumkin bo`lgan barcha noz-
ne'matlardir. Tabiat inson uchun yashash muhiti va resurslar manbai
hisoblanadi. Atmosfera havosi, yer, suv, quyosh nuri, iqlim yer osti
boyliklari, iqlim, o`simliklar va hayvonot dunyosi – bularning barchasi
tabiiy resurslardir. Resurslar ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladigan
vositadir.
Energetika resursi deb – 
tabiiy yoki sun`iy faollashgan har qanday
energiya manbaiga aytiladi. Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri – bu
turdagi resursning tugallanishi bo‘lib, unga muvofiq energetika resurslarini
tugallanadigan va tugallanmaydiganlarga bo‘linadi (1.1-Rasm). O‘z
navbatida, tugallanadiganlar tiklanuvchi va tiklanmaydigan bo‘lishi
mumkin. Tiklanuvchilarga tabiat (yer, o‘simliklar, hayvonlar va h.k.)
tomonidan tiklanadigan rusurslar kiradi, tiklanmaydiganlarga – tabiat
tomonidan bir necha asrlar davomida to‘plangan lekin, yangi geologik
sharoitlarda hosil bo‘lmaydigan resurslar (neft, ko‘mir va boshqa yer osti
zaxiralari) kiradi. Tugallanmaydiganlariga quyosh, shamol, kosmik,
iqlimiy va suv resurslari kiradi.
Energiya resurslarining barcha turlaridan quyosh energiyasi muhim
ahamiyatga ega. Energiya resurslarining barcha turlari quyosh energiyasini
tabiiy o‘zgartirish natijasidir. Ko‘mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi tog‘
jinslari va o‘tinlar – bu o‘simliklar tomonidan olingan va o‘zgartirilgan
quyoshning nurli energiyasi zaxiralaridir. Surat sintezi (fotosintez)
reaksiyasi jarayonida atrof-muhitning noorganik elementlaridan, ya`ni, suv
(H
2
O) va karbonot angidrit gazi SO
2
lardan quyosh nuri ta`sirida
o‘simliklarda asosiy elementi uglerod (S) bo‘lgan organik modda hosil
bo‘ladi.
Suv energiyasi ham suvni bug‘lantiradigan va bug‘ni atmosferaning
yuqori qatlamlariga ko‘taradigan quyosh energiyasi hisobiga hosil bo‘ladi.
Shamol, quyosh tomonidan bizning sayyoramizni turli nuqtalarini turli
harorat hisobiga isitish natijasida hosil bo‘ladi, ya‘ni issiq va sovuq havo



36
qatlamining siqilishi evaziga sodir bo‘ladi. Bundan tashqari quyoshning


yer sathiga to‘g‘ri keladigan bevosita nurlantirishi, katta energiya
imkoniyatiga egadir.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, organik yoqilg‘ining hosil bo‘lishi bir
tomondan quyosh energiyasining tabiiy o‘zgarishi natijasida bo‘lsa,
ikkinchi tomondan asrlar davomida barcha geologik formatsiyalarda
o‘simlik va hayvonot olami qoldiqlariga mexanik, biologik va issiqlik
ta`siri natijasida hosil bo‘luvchi tabiiy hodisadir. Bu yoqilg‘ilarning
hammasi uglevod asosiga ega va energiya undan uglevod dioksidi (SO
2
)
hosil bo‘lishi jarayonida ajralib chiqadi.


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin