A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə20/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Neft sanoati.
Neftsiz hozirgi zamon iqtisodiyotini yuritish mumkin
emas. Neft qayta ishlanmagan holida ishlatilmaydi. Qayta ishlash
natijasida undan turli xil yoqilg‗i, ya‘ni kimyoviy mahsulotlar olinadi.
Neftni qazib chiqarish xarajati ko‗mirni qazib chiqarish xarajatidan o‗rta
hisobda 4 barobar kam. Milliy iqtisodiyotda neftdan keng foydalanish juda
ko‗p mablag‗ni tejashga imkon beradi.
Mahsulot birligini olish (aytaylik, 1 tonna neft qazib chiqarish) uchun
ketadigan pulda ifodalangan hamma xarajat mahsulot tannarxi deyiladi.
Neftning tannarxi u qanday chuqurlikdan olinayotganligidan ko‗ra
konning neftga qanchalik boyligiga bog‗liq. Neft qazib olishning eng
arzon usuli fontan usuli bo‗lib, bunda neft quduqlardan kondagi bosim
tufayli otilib chiqadi. Bosim kamaygan holda uni turli usullar bilan
ko‗tarib turiladi. Neftni nasoslar yordamida chiqarib olish ham keng
tarqalgan. Gaz singari neftni ham quvurlar orqali yuborish uni tashishning
eng arzon va xavfsiz usulidir (temiryo‘lda tashishga nisbatan 4 barobar
arzonga tushadi). Quvur transporti neftni iste‘molchilarga bir maromda
yetkazib berishni ta‘minlaydi. Turli transport vositalariga ortish-
tushirishdagi muqarrar isrofgarchilikka barham beriladi.
Ilgarigi vaqtda neft qayerda qazib chiqarilsa, o‗sha yerda qayta
ishlanar edi. Hozirda neftni qayta ishlash sanoati mahsulotlari qayerda



29
ko‗p iste‘mol qilinsa, neft o‗sha yerga yetkazilib, qayta ishlanadi. Bunday


qilinmasa, neft mahsulotlarining har bir turini yuborish uchun alohida
quvurlar kerak bo‗lib, transport xarajatlari qimmatlashib ketadi.
Qazib olinayotgan neftni Farg‗ona va Oltiariq neft zavodlari qayta
ishlashga ulgurolmay qoldi. Holbuki, mustaqillikkacha zavod quvvatidan
to‗la foydalanish maqsadida Turkmanistondan temiryo‗l orqali neft
keltirilardi. Jarqo‗rg‗on konidan olinayotgan neftda moy va parafin
ko‗pligidan uni qayta ishlanmay, faqat yo‗l qurilishida foydalaniladi.
Mamlakatimizda olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasida
ko‗plab gaz-neft konlari topilmoqda. Jumladan, 1992-yilda Namangan
viloyatida yirik Mingbuloq neft koni ochildi. Neftga bo‗lgan ehtiyojning
uzluksiz ortayotganligini hisobga olib, Buxoro viloyatida yiliga 5 mln
tonna neftni qayta ishlay oladigan kombinat qurildi. Bu korxona 1997-
yildan mahsulot bera boshladi. Hozir 50 turdan ortiq neft mahsulotlari
ishlab chiqarilmoqda.
O‗zbekistonda yiliga 3-4 mln tonna neft va gaz kondensati qazib
chiqarilmoqda. Neftni qayta ishlash korxonalari bir yilda 11 mln tonna
neftni qayta ishlash quvvatiga ega.
Rivojlangan mamlakatlarga qiyoslaganda bizda energiya iste‘moli
tarkibida neft mahsulotlarining ulushi ancha yuqori. Yoqilg‗i-energetika
balansida neft mahsulotlari ulushi kelgusida kamayishi zarur. Buning
uchun mavjud avtomobil va traktorlami yangi tejamkor texnologiya bilan
jihozlash kerak bo‗ladi. Bu ko‗p mablag‗ talab etadigan va ancha
murakkab vazifa. Binobarin, yaqin o‗n yilliklarda ham yoqilg‗i-energetika
balansida neftning ulushi barqaror saqlanib turadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin