A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə19/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Gaz sanoati.
Yoqilg‗i sanoatining eng yosh tarmog‗i bo‗lgan gaz
sanoati keyingi yillarda jadal rivojlanmoqda. Gaz - yoqilg‗ining juda arzon
turi. Gazdan sanoatda ham, maishiy hayotda ham foydalaniladi. Gaz
qimmatbaho kimyoviy xomashyo hamdir. Yoqilg‗ining boshqa turlariga
qaraganda gaz havoni eng kam ifloslantiradi.
Mamlakatimizda neftga nisbatan tabiiy gaz ancha ko‗p. Aniqlangan
gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin. Gaz konlari neft konlari bilan
yonma-yon joylashgan. Gazning ozroq qismi (yo‗ldosh gaz) neft bilan
birga qazib chiqariladi, lekin gazning asosiy qismi sof gaz konlaridan
olinadi. Respublikamizda o‗tgan asrning o‗rtalarida dastlab Farg‗ona
vodiysidagi neft konlarida uchraydigan yo‗ldosh gazdan sanoatda va
aholining maishiy ehtiyojida foydalanila boshlandi.
1950-yillarda O‗zbekistonda jami 9 mln kub metr tabiiy gaz qazib
chiqarilgan bo‗lsa, endilikda yiliga qazib olinayotgan gaz 60 mlrd kub
metrdan ortadi. Tabiiy gazdan foydalanish tufayli mamlakat yoqilg‗i
balansida jiddiy o‗zgarish yuz berdi.



28
Farg‗ona vodiysidan tashqari Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo


viloyatlari hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi hududidan boy tabiiy gaz
konlari topilishi natijasida O`zbekiston gazni eksport qila boshladi.
Gaz quvurlar orqali yuborilishi sababli transport xarajati har qanday
yoqilg‗ini tashishdan arzon tushadi. Gaz quvurlarining uzunligi tez oshib
bormoqda. Dastlabki tabiiy gaz quvurlari Farg‗ona vodiysida qurilgan edi.
O‗zbekistonda issiq kunlar ko‗pligidan faqat qish kunlari gaz ko‗p talab
qilinadi. Gazni ko‗p iste‘mol qiladigan Toshkent, Farg‗ona, Andijon kabi
shaharlarda yozda tejalgan gazni yerosti omborlariga yig‗ib qo‗yib qishda
foydalaniladi. Gaz sifatli yoqilg‗igina emas, balki kimyo sanoatining
qimmatli xomashyosi hamdir. Gazga bo‗lgan talab kimyo, issiqlik elektr
stansiyalari va maishiy xo‗jalikda tobora ortib bormoqda. Shunga ko‗ra
qo‗shimcha gaz chiqarish yo‗llari izlanmoqda, gaz quvurlarining gaz
o‗tkazish imkoniyati oshirilmoqda.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin