A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Energiya tejamkorligi va energetika resurslarini



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə15/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

1.2. Energiya tejamkorligi va energetika resurslarini 
boshqarishning asosiy tushunchalari
O‗zbekistonning energiya sig‗imi iqtisodi o‗rta rivojlanish
darajasidagi davlatlarga nisbatan taxminan ikki hissa yuqoriligi energiya
tejamkorligi bo‗yicha keng masshtabli tadbirlar o‗tkazilishi uchun asos
bo‗lib hisoblanadi. Zamonaviy energiyaga bo‗lgan talabdagi energiya
tejamlik potensialining 40-45% dan foydalanilmayapti.
Bu potensialdan foydalanish yoqilg‗i qazib olishdan ancha arzon. Uning
uchdan bir qismidan ko‗prog‗i yoqilg‗i energetika kompleksining



22
butun texnologik zanjiri va sanoatda, shuncha qismi kommunal-maishiy


sektorda, 20% qishloq xo‗jaligida va 10 % ga yaqini transportdadir.
Respublikada energiyaga bo‗lgan talabning yuqori darajadaligi
energiya talab etadigan jarayonlarning past texnikaviy darajasi va ishlab
chiqarish energiya sig‗imi tizimi bilan belgilanadi.
O‗zbekiston Respublikasining 2010 yilgacha energiya tejamkorlik
Davlat dasturining asosiy vazifasi yangi texnologiyalar, mashinalar,
jihozlar, maishiy uskunalar asosida yoqilg‗i-energetik manba‘larini
ishlatish samarasini oshirishni ta‘minlash va dunyo miqyosidagi boshqa
texnikaviy vosita va transportni qo‗llash, hamda ularni tejashning
ma‘muriy-huquqiy, texnikaviy, iqtisodiy, texnologik va tashkiliy tadbirlari
kompleksini o‗tkazishdan iborat.
O‘zbekiston
Respublikasi
yonilg‘i
energetika
majmunini
rivojlantirishning strategik yo‘nalishi energiyadan oqilona foydalanish va
energiya tejamkorligi masalalari hisoblanadi. Ushbu masalalarni ko‘rib
chiqishda elektr energiyani tejashning siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy,
boshqaruv, texnik va texnologik jixatlariga kompleks tarzda yondoshish
lozimdir.
O‘zbekistonning davlat siyosati va energetika strategiyasi o‘zida
quyidagilarni aks ettiradi:
-energiya tejamkorligini, yoqilg‘i energetika majmuini ishlab
chiqarish tarkibiy tuzilishini takomillashtirish;
-faoliyat yurituvchi quvvatlarining tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish;
-ikkilamchi resurslardan foydalanish;
-kichik va o‘rtacha IES larni qurish;
-energiyasi mo‗l-ko‗l bo‘lgan va energiya taqchil bo‗lgan tumanlarni
birlashtirishga asoslangan mintaqaviy energetika siyosati yuritish;
-atrof-muxitga
texnogen
jarayonlar
ta‘sirini
qisqartirishga
yo‗naltirilgan ilmiy-texnik va ekologik siyosat yuritish;
-tashqi iqtisodiy energetik hamkorlikni yo‗lga qo‘yish;
-narx va soliq siyosati asosida energetika siyosatini yuritish
mexanizmlari;
-investitsiya sohasidagi iqtisodiy siyosatni takomillashtirish;
-energetik komplekslar hamda me‘yorlarni ishlab chiqish.



23
Sanoatda energiya iste‘molini tejash bo‘yicha 10 yil mobaynida, ya‘ni


1995 yilgacha amalga oshirilgan har xil tadbirlar natijasida yevropa
mamlakatlarida energiyaning umumiy iste‘molini qisqartirish va 20%
tejalishiga yerishildi. 1995 yilgacha esa energiyani sanoat ishlab
chiqarishining qo‘shimcha ravishda ko‘payishiga erishilishi hisobiga yana
20% ga o‘sdi. Birinchi 20% tejamkorlik juda kam miqdorda kapital
mablag‘ sarflanishi hisobiga amalga oshirildi. 1995 yildagi 20%
tejamkorlikka esa katta mehnat sarfi evaziga erishildi, bu miqdordagi
tejamkorlikka erishish ko‘p darajada samarali bo‘lgan yangi
texnologiyalarni qo‘llash va ko‘p miqdorda kapital yo‘naltirishni talab
etdi.
Energiya tejamkorligi masalalarini ko‘rib chiqishda elektr energiya,
issiqlikni tejashga doir barcha chora-tadbirlarni qo‘llagan holda kompleks
yondoshuvdan foydalanish muhimdir.
Elektr energiyani tejash tadbirlarining ko‗rinishlari quyidagi
pog‗onalarga bo‗linadi:
1.Kamxarajat (tashkiliy) tadbirlar;
2.Texnik tadbirlar. Avtomatik nazorat tizimlarini qo‗llash shart-
sharoitlarini to‗la ta‘minlash;
3.Avtomatik nazorat tizimini to‗liq qo‗llash.
Energiya tejamkorligini boshqarishning maxsus organlarini tuzish va
energiya tejamkorligi sohasida umumiy ma‘lumotlarni oshirish bo‘yicha
har xil tuzilmalarni tashkil etish zarur.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti tobora rivojlanib borayotgan vaqtda,
iqtisodiy ko‗rsatgichlar juda ham katta ahamiyatga egadir. Biror bir
inshoot, qurilma va hokazolar, avvaldan texnik-iqtisodiy hisoblarsiz
boshlanishi mumkin emas. Shuning uchun iqtisodiy ko‗rsatgichlarni
chuqur, hozirgi zamon, ya‘ni bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan o‗rganish
lozim.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin