Gidroenergetika
- energetikaning suv
resurslari energiyasidan foydalanishga doir boʻlimi. Suv resurslari
energiyasidan foydalanish uchun suv oqimi maxsus qurilgan inshootlar va
jihozlar majmui - gidroelektr stansiyalar (GES) yordamida elektr
energiyasiga aylantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzbekenergo" davlat
aksiyadorlik jamiyati tizimida 26 ta gidroelektr stansiyani birlashtirgan 7 ta
kaskadlari hamda “Farhod” gidroelektr stansiyasi bor. Eng yiriklariga
quyidagi gidroelektr stansiyalar kiradi: “Chorvoq” GES (quvvati 620,5
MVt), “Xoʻjakent” GES (165 MVt), “Farhod” GES (126 MVt) va
“Gʻazalkent” GES (120 MVt). Oʻzbekiston energetika tizimidagi barcha
gidroelektr stansiyalarning umumiy belgilangan quvvati 1419 MVt ni
tashkil etadi. Mamlakat gidroenergetikasining istiqboldagi taraqqiyoti,
asosan kichik suv havzalari gidroresurslaridan foydalanish bilan bogʻliq.
Issiqlik energetikasi
— energetikaning issiqlikni dvigatellar va boshqalar
yordamida boshqa energiya turlari mexanik energiya, elektr energiyasiga
16
aylantirib beruvchi issiqlik texnikasi boʻlimi. Issiqlik energetikasida asosiy
issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona issiqlik elektr
stansiyalari (IES) hamda Davlat issiqlik elektr stansiyasi (DIES)
hisoblanadi. Yirik Davlat issiqlik elektr stansiyasilariga quyidagilar kiradi:
―Sirdaryo‖ DIES (3000 MVt), ―Toshkent‖ DIES (1850 MVt), va
―Tolimarjon‖ DIES (loyiha boʻyicha 3200 MVt). Oʻzbekistonda mavjud
issiqlik elektr stansiyalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr
energiyasining qariyb 85% ini tashkil qiladi.
Fanda energetika muammolari bilan shugʻullanishda izchil ilmiy
tekshirish
ishlariga
asoslangan
holda
energetika
taraqqiyotining
qonuniyatlari, tabiiy anʼanalari va optimal yechimlari oʻrganiladi va
energetikani optimal boshqarishning asoslari shakllantiriladi hamda
energetikaning kompleks muammolari, shu jumladan, uning atrof muhitga
taʼsiri, yaʼni ekologiya masalalari, energetikaga doir fan va texnika
taraqqiyoti masalalari va boshqalar hal qilinadi. Oʻzbekistonda energetika
fanlarining rivojlanishi XX asr 30 - yillari oxiri va 40 - yillariga toʻgʻri
keladi. Energetikaga doir ilmiy tekshirish ishlari energetikaning ustuvor
kompleks masalalarini va amaliy muammolarini hal qilishga qaratildi.
Elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish bilan bogʻliq masala —
oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirish nazariyasi, asinxron va
sinxron mashinalarning magnit oqimlarining oʻz-oʻzidan uygʻonishini
taʼminlashni hisoblash usullari, elektron qurilmalaridagi shikastlanishning
murakkab turlari nazariyasini rivojlantirish kabi ustuvor masalalar bilan
shugʻullanildi hamda gidroelektr stansiyalari quvvatini samarali
taqsimlashni hal qilishga doir ishlar bajarildi. 40- yillar oxiri va 50-
yillarda ilmiy tekshirish ishlari elektr stansiyalari, elektr tizimi va jihozlari
ishini yaxshilash, puxtaligini oshirish, samaradorligini koʻtarishga
qaratildi.
Oʻzbekiston energetikasi rivoji uchun tabiiy iqlim sharoitlaridan
oqilona foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan,
xususan, quyosh energiyasi, shamol kuchi, yer osti suvlari harorati va
kichik gidroelektr stansiyalardan foydalanish masalalari borasida keng
tadqiqot ishlari olib borildi (G. A. Grinevich, R. A. Zohidov). Energetika
jarayonlarini avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalash hamda energetika
17
tizimlarida oʻlchash texnikasi, oʻlchash aniqligi, puxtaligi va
samaradorligini oshirish kabi ilmiy natijalarga erishishda muhim
tadqiqotlar amalga oshirildi (akad. J.Abdullayev). Issiqlik energetikasi va
issiqlik texnikasi sohasida yoqilgʻidan foydalanishning yangi texnologiyasi
va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish kabi muhim tadqiqot
ishlariga ahamiyat kuchaytirildi (R.A.Zohidov, S.Q.Ismatxoʻjayev).
Sanoatning bir qancha sohalarida energotejamkorlik, energiyadan oqilona
foydalanish, gidroelektr stansiyalar jihozlarini diagnostika qilish, mashina
yordamida sug‘oriladigan nasos stansiyalari uchun yangi elektr yuritmalar
yaratish (T.S.Kamalov), Oʻzbekiston elektr korxonalarining normal
ishlashini electron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida hisoblash
(E.Payziyev), elektrofizikaning fizik-texnik muammolari boʻyicha bir
qancha ilmiy natijalarga erishildi.
Bu yoʻnalishda olib borilgan ishlarning biri — bu yangi prinsipda
ishlaydigan maxsus elektr mashinalari — koʻp rotorli asinxron
motorlarining yaratilishi boʻldi. Elektromagnitli val prinsipi taklif etildi va
ishlab chiqildi. Bu bir-biriga mexanik ravishda bog‘lanmagan bir necha
mexanizmlarning aylanish tezliklarini oʻzaro muvofiqlashtirishni
taʼminlovchi elektromagnitli qurilmadir. Sanoat va qurilishda keng
qoʻllaniladigan titrama g‘alvirlar uchun elektr yuritmalarining yangi turlari
yaratilib, ishlab chiqarishga joriy etildi. Ikki motorli elektr yuritmalar,
shuningdek, qutblari keng oʻzgarishga ega boʻlgan asinxron motorlari
nazariyalari yaratildi. Elektr zanjirlari va tizimlarining chiziqli boʻlmagan
nazariyasi va hisobiy usullariga doir hamda avtomatika va hisoblash
texnikasi elementlarini ishlab chiqish boʻyicha maktab yaratildi.
Parametrik zanjirlar va tizimlar, boshqarish elementlari va texnika
vositalari, avtoparametrik tebranishlar zajirlarida oʻzgaruvchan tok fazalar
soni va chastotasini oʻzgartirish nazariyalari yaratildi. Energetika
tizimlarining samaradorligini oshirish, quvvatni tejash va ekologik sof
energetikaning dolzarb muammolari boʻyicha fundamental tadqiqotlar olib
boriladi. Yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi energiya
manbalari samaradorligini oshirish hamda ularni energiya tizimida
qoʻllanish ko‘lamini kengaytirish istiqbolli masalalaridir. Ma‘lumki, neft
va gaz zaxiralari boshqa davlatlardagi kabi O‗zbekistonda ham kamayib
18
bormoqda, u bir necha o‗n yilliklarga, shu bilan birga ko‗mir zaxirasi 250
yildan ko‗proq muddatga etishi mumkin.
Butun dunyo noan‘anaviy energiya turlaridan foydalanishga katta
qiziqish bildirmoqda. Noan‘anaviy va qayta tiklanish texnologiyasiga
asoslangan energiya manbalari (NQTEM), atmosferaga ifloslantiruvchi
moddalar chiqarmagani uchun ekologik toza hisoblanadi. O‗zbekiston
sharoitida kichik gidrostansiya, quyosh, shamol, biomassa resurslari va
geotermal energiya turlaridan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Undan
tashqari, qayta tiklanadigan energiya manbalari, chekka, tog‗li va mavjud
energiya manbalaridan uzoq, borish qiyin bo‗lgan tumanlar uchun yagona
iqtisodiy, oson erishish mumkin bo‗lgan energiya manbasi bo‗lishi
mumkin.
Hozirgi kunda butun jaxon miqyosida dolzarb muammo bo‗lib turgan
elektr energiyasi olimlarni fikricha 2030 yilga borib 2 barobarga oshishi
takidlanmoqda. Bunga sabab kundan kunga mamlakatimizda zamonaviy
texnika va texnologiyalarni paydo bo‗lishidir, masalan, aholi ehtiyoji
uchun muzlatgichlar, sovutgichlar va shunga o‗xshash turli xildagi
energiya sarf qilinuvchi jixozlarni keltirishimiz mumkin. Shuning uchun
mamlakatimizda energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirishda hozirgi
zamon elektron qurilmalaridan keng foydalangan holda noan‘anaviy
energiya manbalaridan samarali foydalanib tejamkor elektr ta‘minotini
tashkil etish aholi turmush darajasini oshirishdan iboratdir.
Insoniyat energiya ishlab chiqishda va ishlatishda uzoq yo'l bosdi:
yong'inlarning
yonib
turgan
energiyasidan
reaktorlar
yadroviy
energiyasiga qadar. Ushbu yo'l iste'molni kengaytirish va energiya sarfini
ko'paytirish bilan tavsiflanadi, bu ikki muqobil yo'nalishga olib keldi.
Birinchi yo'nalish quyidagicha tavsiflanadi. Inson o‘z rivojlanishda
yonilg'i-energetika resurslaridan foydalanishni doimiy ravishda oshirib
boradi. O'tgan asrda dunyoda energetika resurslarini iste'mol qilish 10
martadan oshib, uning iste‘moli 15 milliard tonna shartli yoqilg'idan (ShY)
oshdi.
Yer sayyorasidagi rivojlanish bevosita energiya iste'mol darajasi
oshishi bilan uzviy bog'liq. 1.1-jadvalda elektr energiyasi bilan aholi jon
19
boshiga ta‘minlanganligi hamda energiya iste‘moli rivojlanish darajasiga
qarab ko'rsatkichlar va hayot sifatining dinamikasi ko'rsatilgan.
1.1-jadvalda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, energiya iste'moli hayot
ko'rsatkichlari sifatiga hamda mamlakatlar rivojlanish darajasiga ta'sir
ko'rsatadi. Shu bilan birga, energiya iste'moli o'sishi bilan mamlakatlarning
iqtisodiy energiya samaradorligi ham ortadi.
Dostları ilə paylaş: |