15
keladi. Yadro energiyasining asosiy manbai boʻlgan uran va toriyning
zaxiralari dunyo okeani suvlaridagi zaxiralar bilan birga 69000 mlrd. tonna
shartli yoqilgʻiga teng . Eng koʻp ishlatiladigan energetikaning tabiiy
resurslari (koʻmir, neft, gaz) jahon mamlakatlari boʻyicha notekis
taqsimlangan. Shu jihatdan Oʻzbekistonning
energetika resurslarini
hisobga olsak, mamlakat energetikasi xalq xoʻjaligining baza sohasi
hisoblanadi. Oʻzbekiston energetika tizimi xalq xoʻjaligi va aholining
yoqilgʻi (koʻmir, gaz, neft), elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq
qondiradi va eksport ham qilinadi. Hozirgi kunda respublikamizda 20 ta
issiqlik elektr stansiyalari (IES), 27 ta gidroelektr stansiya (GES) ishlab
turibdi. Ularning umumiy oʻrnatilgan quvvati 11,5 mln. kVt*soat (yiliga
55 mlrd. kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega),
transformatorlarning umumiy quvvati 44850 MVA,
elektr tarmoqlarining
umumiy uzunligi 232 ming km dan ortiq masofani, shu jumladan, yuqori
quvvatli 500 kV li elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi 1660
km dan
ortiq masofasi tashkil qiladi.
Energetika xalq xoʻjaligining muhim tarmogʻi sifatida gidroenergetika va
issiqlik energetikasiga ajraladi.
Dostları ilə paylaş: