A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə18/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Texnik yo’nalishlar: 
1.
Iqtosodiyotning barcha sohalarida mahsulot ishlab chiqarishning
yangi energiya samarador texnologik jarayonlarini tatbiq etish;
2.
Elektr
generasiya
qiluvchi
manbalarni
modernizatsiyalash.
Qozonxonalarda elektr generatsiya qiluvchi jihozlarni harakatga keltirish,
mini (mitti) IEM yaratish;
3.
Yuqori va o‘rta haroratli ikkilamchi issiqlik resurslarini issiqlik
ta`minoti sxemalarida ishlatib, maqsadga muvofiq iqtisodiy samara olishni
amalga oshirish;
4.
Issiqlik tarmoqlarini ish samaradorligini oshirish, issiqlik ta`minoti
sxemasini optimallash, issiqlik yuklamalarini korxona qozonxonalaridan



26
IEMlarga berish. Uzun issiqlik trassalarini bartaraf qilish, issiqlik


ta`minotini markazlashtirishdan chiqarish;
5.
Elektr qozonxonalar va elektr isitgichlarni qozon qurilmalar bilan
iloji boricha almashtirish;
6.
Qozonxonalarni ishlash samaradorligini oshirish va modernizatsiya
qilish;
7.
O‘zgaruvchan yuklamali mexanizmlarda rostlanuvchi elektr
yuklamalarni tatbiq etish;
8.
Siqilgan havo, suyuqlikni ishlab-chiqaradigan va foydalaniladigan
energiya samarador qurilmalarni tatbiq etish;
9.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va YER iste`mol qilishni
boshqarishning avtomatlashgan tizimini tatbiq etish;
10.
Quvvati 50 MVt dan ortiq bo‘lgan qozonxonalardan havo
atmosferasiga chiqarib tashlashni uzluksiz nazorat qilish tizimini tatbiq
etish;
11.
Energiya samarador yoritgichlarni va yoritishni boshqarishning
avtomatik tizimini tatbiq etish;
12.
Lokal isitish va texnologik jarayonlar uchun infraqizil nurlarni
qo‘llash.
1.4. Yoqilg’i energetika resurslari 
Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalardan bevosita yoki oraliq
o‗zgartirish yo‗li orqali olinadi. Buning uchun tabiiy organik energetik
resurslardan va yadroviy yoqilg‗i, shuningdek, qayta tiklanuvchan
energiyalardan, ya‘ni daryolarning oqimi, sharshalar, okean oqimlari,
quyosh radiatsiyasi, shamol, geotermal massalar va boshqalardan
foydalaniladi.
Elektr energiyasidan sanoat va qishloq xo‗jalik sohalarida,
transportda,
aloqa
tizimlarida,
hamda
maishiy
xizmatda
keng
foydalaniladi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni tarqatish
energetika sohasiga tegishli hisoblanadi. Shuning uchun energetika xalq
xo‗jaligining asosiy tarmog‗i hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizning elektrlashtirish tizimini yaratish va xalq
ho‗jaligini turli sohalarini elektr energiyasi bilan ta‘minlash uchun



27
elektr energiyasining ko‗p qismi (80% atrofida) issiqlik elektr


stansiyalarida (IES) organik yoqilg‗ining kimyoviy energiyasini
o‗zgartirish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi bo‗yicha ikkinchi o‗rinda
gidroelektrostansiyalar
(GES)
turadi.
Bunda
gidroturbinalar
va
gidrogeneratorlar yordamida elektr energiyasiga o‗zgartiriladigan daryolar
oqimi energiyasidan foydalaniladi.
Elektr energiyasini asosiy ishlab chiqaruvchilari qatorida issiqlik va
gidroelektr stansiyalaridan keyin atom elektr stansiyalari (AES) turadi.
Atom elektr stansiyalarining birlamchi energiyasi atomlar yadrolari
energiyasi hisoblanadi. Bu energiya issiqlik energiyasiga o‗zgartiriladi,
keyin esa elektr energiyasini olish sxemasi esa, issiqlik elektr stansiyasi
sxemasiga o‗xshash bo‗ladi.
Organik yoqilg‗i zaxiralarining tez kamayishi, shuningdek issiqlik
elektr stansiyalarining atrof-muhitga salbiy ta‘sirini hisobga olib, elektr
energiyasini olishni qayta tiklanuvchan elektr manbalaridan (QTEM)
foydalanish asosidagi texnik va iqtisodiy yechimlarini qoniqarli izlash
amalga oshirilmoqda.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin