26
IEMlarga berish. Uzun issiqlik trassalarini bartaraf qilish, issiqlik
ta`minotini markazlashtirishdan chiqarish;
5.
Elektr qozonxonalar va elektr isitgichlarni qozon qurilmalar bilan
iloji boricha almashtirish;
6.
Qozonxonalarni ishlash samaradorligini oshirish va modernizatsiya
qilish;
7.
O‘zgaruvchan yuklamali mexanizmlarda
rostlanuvchi elektr
yuklamalarni tatbiq etish;
8.
Siqilgan havo, suyuqlikni ishlab-chiqaradigan va foydalaniladigan
energiya samarador qurilmalarni tatbiq etish;
9.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va YER iste`mol qilishni
boshqarishning avtomatlashgan tizimini tatbiq etish;
10.
Quvvati 50 MVt dan ortiq bo‘lgan qozonxonalardan havo
atmosferasiga chiqarib tashlashni uzluksiz nazorat qilish tizimini tatbiq
etish;
11.
Energiya samarador yoritgichlarni va yoritishni boshqarishning
avtomatik tizimini tatbiq etish;
12.
Lokal isitish va texnologik jarayonlar
uchun infraqizil nurlarni
qo‘llash.
1.4. Yoqilg’i energetika resurslari
Elektr energiyasi boshqa turdagi energiyalardan bevosita yoki oraliq
o‗zgartirish yo‗li orqali olinadi. Buning uchun tabiiy organik energetik
resurslardan va yadroviy yoqilg‗i, shuningdek,
qayta tiklanuvchan
energiyalardan, ya‘ni daryolarning oqimi, sharshalar, okean oqimlari,
quyosh radiatsiyasi, shamol, geotermal
massalar va boshqalardan
foydalaniladi.
Elektr energiyasidan sanoat va qishloq xo‗jalik sohalarida,
transportda,
aloqa
tizimlarida,
hamda
maishiy
xizmatda
keng
foydalaniladi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni tarqatish
energetika sohasiga tegishli hisoblanadi. Shuning uchun energetika xalq
xo‗jaligining asosiy tarmog‗i hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizning elektrlashtirish tizimini yaratish va xalq
ho‗jaligini turli sohalarini elektr energiyasi bilan ta‘minlash uchun
27
elektr energiyasining ko‗p qismi (80% atrofida) issiqlik elektr
stansiyalarida (IES) organik yoqilg‗ining kimyoviy energiyasini
o‗zgartirish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi bo‗yicha ikkinchi o‗rinda
gidroelektrostansiyalar
(GES)
turadi.
Bunda
gidroturbinalar
va
gidrogeneratorlar yordamida elektr energiyasiga o‗zgartiriladigan daryolar
oqimi energiyasidan foydalaniladi.
Elektr energiyasini asosiy ishlab chiqaruvchilari qatorida issiqlik va
gidroelektr stansiyalaridan keyin atom elektr stansiyalari (AES) turadi.
Atom elektr stansiyalarining birlamchi energiyasi atomlar yadrolari
energiyasi hisoblanadi. Bu energiya issiqlik energiyasiga o‗zgartiriladi,
keyin esa elektr energiyasini olish sxemasi esa,
issiqlik elektr stansiyasi
sxemasiga o‗xshash bo‗ladi.
Organik yoqilg‗i zaxiralarining tez kamayishi, shuningdek issiqlik
elektr stansiyalarining atrof-muhitga salbiy ta‘sirini hisobga olib, elektr
energiyasini olishni qayta tiklanuvchan elektr manbalaridan (QTEM)
foydalanish asosidagi texnik va iqtisodiy yechimlarini
qoniqarli izlash
amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: