28
Farg‗ona vodiysidan tashqari Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo
viloyatlari hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi hududidan boy tabiiy gaz
konlari topilishi natijasida O`zbekiston gazni eksport qila boshladi.
Gaz quvurlar orqali yuborilishi sababli transport xarajati har qanday
yoqilg‗ini tashishdan arzon tushadi. Gaz quvurlarining uzunligi tez oshib
bormoqda. Dastlabki tabiiy gaz quvurlari Farg‗ona vodiysida qurilgan edi.
O‗zbekistonda issiq kunlar ko‗pligidan faqat qish kunlari gaz ko‗p talab
qilinadi. Gazni ko‗p iste‘mol qiladigan Toshkent, Farg‗ona, Andijon kabi
shaharlarda yozda tejalgan gazni yerosti omborlariga yig‗ib qo‗yib qishda
foydalaniladi. Gaz sifatli yoqilg‗igina emas, balki kimyo sanoatining
qimmatli xomashyosi hamdir. Gazga bo‗lgan talab kimyo, issiqlik elektr
stansiyalari va maishiy xo‗jalikda tobora ortib bormoqda. Shunga ko‗ra
qo‗shimcha gaz chiqarish yo‗llari izlanmoqda, gaz quvurlarining gaz
o‗tkazish imkoniyati oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: