32
yillarigacha kon tashlandiq holda yotdi va u yerda uranning ulkan zahirasi
borligi birovning xayoliga ham kelmadi.
Bu vaqt davomida uranning ba'zi birikmalarini shishaga qo‘shish
uchun ishlatishgan. Juda oz miqdorda qo‘shilgan uran birikmalari shishaga
kanareykalar patidagi singari yorqin yashil-sariq rang bergan. Shuningdek
yana boshqa bir uran birikmasidan keramika mahsulotlarini sirlashda va
bo‘yashda foydalanishgan. Uranni amalda qo‘llash sohalari faqat shu ikki
jabhadangina iborat bo‘lgan. Kimyogarlarning ham uranga bo‘lgan
qiziqishi uning ayrim birikmalarida shunday flyuroessentlik xossasi, ya'ni
turli ranglar bilan jilvalanishi xususiyati mavjudligi yuzasidan bo‘lgan
xolos. Ya'ni, uranni ultrabinafsha nurlariga tutilsa u yorqin sariq rangda
tovlangan.
1896 yilda farang fizigi Antuan Anri Bekkerel (1852-1908)
mutlaqo
tasodifiy ravishda shuni payqab qoldiki, uranning atomlari fanga shu
choqqacha noma'lum bo‘lgan qandaydir nurlanish taratar ekan. Ushbu
nurlanishlarni keyinchalik
radioaktivlik
deb nomlashdi.
Shundan keyin
fiziklar va kimyogarlar orasida uran elementiga bo‘lgan qiziqish benihoya
ortib ketdi.
Tekshirishlar natijasida shu narsa aniqlandiki, uran atomida
chiqayotgan nurlanishlarning ayrim turlari, atomning o‘zidan ham kichik
zarrachalardan tashkil topar ekan. Shu sababli
ham bunday zarrachalarga
subatom zarrachalar
deb nom berishdi. Nurlanishning boshqa turlari esa
rentgen nurlariga o‘xshab ketardi, lekin undan ancha kuchliroq edi.
Afsuski, uran va unga o‘xshash radioaktiv elementlarning nurlanishi va
nurlanishning inson tanasiga nisbatan salbiy ta'sirini anglab yetilgunicha,
bir necha olimlar va mutaxassislar nurlanish natijasida vafot etib ketishdi.
Ushbu nurlanishlarning tabiatini tadqiq
qilish davomida olimlar
atomlarning ichki tuzilishi haqida ko‘plab yangi narsalarni bilib olishdi.
Chunonchi, atomlar turli xildagi subatom zarrachalardan tashkil topishi
ma'lum bo‘ldi. Olimlar ushbu zarrachalardan foydalanib, bir atomni
boshqa bir atomga aylantirishni o‘rganib oldilar. Bunday jarayonni biz
hozirda
Dostları ilə paylaş: