Texnika xavfsizligi va kimyo laboratoriyalarida ishlash qoidalari



Yüklə 477,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix20.11.2023
ölçüsü477,02 Kb.
#164709
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI




1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 
TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA KIMYO LABORATORIYALARIDA 
ISHLASH QOIDALARI 
Darsning maqsadi:
Talabalarga oziq-kimyosi laboratoriyalarida jihozlar 
bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya etishlikni o‘rganish. 
Nazariy ma’lumotlar
. Kimyoda laboratoriya ishlarini boshlashdan oldin 
talaba ayni laboratoriyada ishlash uchun ishlab chiqilgan havfsizlik texnikasi bilan 
tanishib chiqishi va maxsus jumalgaqo‘l qo‘yishi lozim. 
Talabagayil mobaynida ishlash uchun praktikumdan joy ajratiladi. 
Laboratoriya ishlarini tushunib bajarilgandagina undan foyda kutish mumkin. 
Shuning uchun har bir laboratoriya ishining mazmuni, adabiyot va ma’ruzalar 
bilan tanishib chiqqan talabagagina laboratoriya ishlarini bajarishga ruxsat beriladi. 
Asosiy qoidalar 
Kimyoviy laboratoriyada ishlashda amal qilinishi lozim bolgan asosiy 
qoidalar: 
1.
Ishning asosiy maqsadi aniq bilmasdan, tajribani o‘tkazish uchun 
lozim bolgan idishlar, asbob-uskunalar, reaktivlar tayyor bo‘lmasdan tajribani 
boshlamaslik; 
2.
Tajribani o‘tkazishda ko‘rsatilgan tartib va ketma-ketlikni aniq 
bajarish; 
3.
Ayni tajriba uchun ko‘rsatilgan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya 
qilish; 
4.
Ayni laboratoriya ishlari uchun tayyorlangan reaktivlardangina 
foydalanish. Umumiy qollaniladigan reaktivlami, konsentrlangan kislota va 
ishqorlami ish joylariga olib ketmaslik; 
5.
Reaktivlami ishlatishdan oldin uni ayni tajriba uchun ishlatish 
mumkinligini idishdagi yozuvga qarab aniqlash; Agar idishda yozuv bo‘lmasa 
o‘qitivchining ruhsatisiz ishlatmaslik. 



6.
Ayni tajriba uchun reaktiv miqdorini ko‘rsatilmagan bo‘lsa undan 
imkoniyati boricha kamroq ishlatish; 
7.
Ortiqcha olingan reaktivni qaytarib o‘z idishiga quymaslik va uning 
uchun ajratilgan maxsus idishga quyish; 
8.
Reaktiv olingan zahotiyoq uning idishini qopqog’ini yopib, o‘z 
o‘miga qo‘yish; 
9.
Quruq reaktivlami farfor, metall yoki shisha qoshiqchalarda olish va 
ishlatilgandan so‘ng qoshiqchalami filtr qog’oz bilan tozalab qo‘yish; 
10.
Agar reaktiv pipetka yordamida olingan bo‘lsa, undan boshqa 
idishdagi reaktivni olish uchun ishlatmaslik; 
11.
Barcha tajribalami xalat kiygan holda bajarish; 
12.
Laboratoriya ishini bajarishda tinchlik va tartibni saqlash; 
13.
Tajribaning sodir bo‘lishini e’tibor bilan kuzatish va barcha 
o‘zgarishlarga sinchkovlik bilan nazar tashlash; 
14.
Kuzatilgan tajriba natijalarini va reaksiya tenglamalarini tajriba 
tugashi bilanoq laboratoriya daftariga yozib qo‘yish; 
15.
Laboratoriya daflarida ish o‘tkazilgan kun, mavzuning nomi
tajribaning nomi, uning qisqacha ma/muni, asbob-uskunaning sxemasi yoki rasmi, 
kuzatish natijalari, reaksiya tenglamalari, hisoblashlar va xulosalar ko‘rsatilishi 
kerak; 
16.
Laboratoriya ishi tugagandan so‘ng talaba ishlatgan kimyoviy 
idishlarini yuvib, ish joy ini tartibga solib, laborantga topshirishi kerak. 

Yüklə 477,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin