Ishning bajarilishi: Namuna tayyorlash (Kraxmalli xom ashyoni fermentativ gidrolizlash). Stakanchada 1,5 g kraxmalli xom ashyoni tortib olib, oz-ozdan 100 ml o’lchov kolbasiga
solamiz. Unga 40 ml iliq distillangan suvni aralashtirib qo’shamiz, bir xil massaga kelgandan
so’ng yana 40 ml issiq distillangan suv qo’shamiz. Hosil bo’lgan suspenziyani 15...20 minutga
kleystrlash uchun qattiq qaynayotgan suv hammomiga qo’yib, aralashtirib turamiz. Yodli
namuna o’tkazamiz.
Aralashma 60
С gacha sovutilib, unga 1...2 ml amilolitik ferment preparati (1 % li
amilosubtilin eritmasi) qo’shamiz. Kolbani 30 minutga 60
С hararatli termostatga qo’yamiz
(yodli namuna har 10...15 minutda qaytariladi).
Fermentativ reaktsiya tugashini yodli namuna qo’yib aniqlaymiz.
Yodli namunaga qo’yganda rang o’zgarmasa kolbani termostatdan olmay turib, unga 1 ml
qandlashtirilgan ferment preparati qo’shamiz (1 % li glyukozim eritmasi). Eritmali kolbani 60
С
termostatda yana 30 minut ushlaymiz. Keyin eritmani xona haroratigacha sovutib, distillangan
suv bilan o’lchov chizig’igacha yetkazamiz (100 ml gacha).
Hosil bo’lgan gidrolizatni aralashtirib, filtrlab konussimon kolbaga solamiz birinchi 10...20
ml to’kib tashlanadi.
Kislotali gidroliz uchun hosil bo’lgan filtratdan pipetka orqali 20 ml olib uni 100 ml li
o’lchov kolbasiga solamiz, 10 ml 10 % li sulfat kislota eritmasi va 10 ml distillangan suv
qo’shamiz. Kolba ichidagini aralashtirib, 10 minut davomida qaynab turgan suv hammomida
isitamiz va 20
С gacha sovutamiz.
12
Kislotali gidrolizatni 1...2 tomchi metiloranj eritmasi bilan neytrallab, unga 35 % li NaOH
sariq rang hosil bo’lguncha qo’shamiz. Neytrallangandan so’ng eritma 20
С gacha sovutilib
unga o’lchov chizig’igacha distillangan suv qo’shiladi (100 ml).