1. Meva va sabzavotlarni po‘stidan tozalash qurilmalari hamda xom ashyoni kesish mashinalari.Meva va sabzavotlarning po‘sti tozalanganda tayyor mahsulotning ozuqa qimmati oshadi. Konservalarni tayyorlashda tuz va shakarning po‘stidan tozalangan meva va sabzavotlarga diffuziyasi ancha osonlashadi.
1. Meva va sabzavotlarni po‘stidan tozalash qurilmalari hamda xom ashyoni kesish mashinalari. Meva va sabzavotlarning po‘sti tozalanganda tayyor mahsulotning ozuqa qimmati oshadi. Konservalarni tayyorlashda tuz va shakarning po‘stidan tozalangan meva va sabzavotlarga diffuziyasi ancha osonlashadi.
Meva va sabzavotlarni po‘stidan tozalash mashinalarining tuzilishi xom ashyo turiga bog‘liq. Masalan, piyoz va sarimsoq kabi mevalar asosan mexanik usulda tozalanadi: mevalar aylanadi, maxsus pichoqlar po‘stlarni kesadi. Sabzavotlarni parotermik, ishqorli va kuydirish usuli bilan ham tozalash mumkin.
Pnevmatik mashinalarda siqilgan havo yuqori tezlik bilan ish kamerasiga yuboriladi. Piyoz va bo‘laklarga bo‘lingan sarimsoq ham bu kameraga tushadi, tozalangan xom ashyo inspeksion transportyor orqali chiqariladi.