4. Qirg‘ich mashinalari. Universal, Ikkitalik, Uchtalik qirg’ich. Qirg‘ich mashinalarida maydalangan yoki blanshirlangan mevalarni ikkita fraksiyaga: suyuq mevalar (mag‘zi bilan) va qattiq (urug‘lar, danaklar, meva bandlari) bo‘linadi.

Qirg‘ich mashinalari quyidagi turlarga bo‘linadi: mo‘ljallanganligiga ko‘ra – urug‘li mevalar, danakli mevalar uchun (universal); ishlash tamoyiliga ko‘ra – bichli va bichsiz; barabanlarining shakliga ko‘ra – silindr yoki konussimon barabanli; shuningdek boshqarish usuli va ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha mashinalar farqlanadi.
Universal qirg‘ich-A9-KIT mashinasi universal bo‘lib quyidagi asosiy qismlardan iborat: quvurli staninada (3) korpusi (1) o‘rnatiladi. Korpus qabul qilish bunkeri (5) va maydalangan massa uchun yig‘gichdan iborat. Yig‘gich (sbornik) nishabli lotok holda yasaladi. Qabul qilish bunkeri kojuxga qistiriladi. Bunker ichidan rotor vali o‘tkaziladi. Kojux qopqoq (2) bilan yopiladi (58-rasm).

Qirg‘ichning barabani karkas va to‘rdan tuzilgan. Karkas to‘rtta uzikdan iborat, uziklar orasida oltita yarim silindirli elak o‘rnatiladi. Baraban markazidan val o‘tadi, valga bichlar qistiriladi. Bichlar ikki xil bo‘ladi.