Texnika xavfsizligi va kimyo laboratoriyalarida ishlash qoidalari



Yüklə 477,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix20.11.2023
ölçüsü477,02 Kb.
#164709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI

5. Prolaminlar va glyutelinlar. 
Bular 70-80 % etil spirtida eruvchi oqsillar bo’lib, suvda, 
tuz eritmalarida va mutloq spirtlarda erimaydi. Ularning asosiy vakili – glyutelin bug’doy 
donining endospermasida uchraydi. Prolaminlar qatoriga yana arpa tarkibidagi yog’ va 
makkajo’xori doni tarkibidagi zein oqsillari kiradi. Ular tarkibida nisbatan ko’p miqdorda prolin 
aminakislotasi bo’ladi. 


15 
Ishning bajarilishi:
Bug’doydan suvda eruvchi oqsillarni ajratish.
2 g bug’doy unini chinni hovonchada maydalab 10 ml distillangan suv qo’shiladi. Hosil 
bo’lgan aralashma 2-3 minut davomida tindiriladi va filtrdan o’tkaziladi. Filtr qog’ozda qolgan 
un qoldig’ini 2 marta oz-ozdan distillangan suv qo’shib, yuviladi, buni bug’doydan globulinlarni 
ajratish uchun qoldiriladi. Hosil bo’lgan filtrat albumin oqsillarini eruvchanligini tekshirish 
uchun ishlatiladi. 
Albuminli oqsil fraktsiyasi filtratiga maydalangan ammoniy sulfat kukunidan qo’shib, 
to’liq to’yinguncha 40

С dan yuqori bo’lmagan haroratda qizdiramiz. Tushgan cho’kmani 
filtrdan o’tkazamiz. Filtr qog’ozda qolgan cho’kmani 1 ml distillangan suvda eritamiz. Hosil 
bo’lgan eritmada oqsil bor-yo’qligini 1 ml biuret reaktivi qo’shib tekshiramiz. 
Bug’doy unidan tuzda eruvchi oqsillarni ajratish 
Suv bilan yuvilgan un qoldig’ini (albuminli oqsil fraktsiyalarini ajratilgandan so’ng) chinni 
hovonchada 10 ml 10 % li NaCl eritmasiga qo’shib 2-3 minut tindiriladi va filtrlanadi. 
Filtr qog’ozda qolgan un qoldig’ini 2 marotaba yangi tayyorlangan NaСl eritmasi bilan 
yuvib, keyingi bajariladigan ish uchun olib qo’yiladi. 
Bug’doy unidan ishqorda eruvchi oqsillarni ajratish 
Un qoldig’ini (albumin va globulin oqsil fraktsiyalarni ajratilgandan so’ng) chinni 
hovonchada maydalab 10 ml 0,2 % NaOH eritmasi qo’shib 2-3 minut tindirib qo’yamiz va 
filtrlaymiz. Olingan filtratga 1 tomchidan 0,1 n sirka kislotasi eritmasi qo’shiladi. Hosil bo’lgan 
cho’kmada glyutelin hosil bo’ladi. 
 
Bug’doy unidan spirtda eruvchi oqsillarni ajratish 
1 g bug’doy unini chinni hovonchada maydalab unga 5 ml 70 % li etil spirti qo’shamiz. 
Hosil bo’lgan suspenziyani tindirib, so’ngra filtrlaymiz. Hosil bo’lgan cho’kmada prolamin hosil 
bo’ladi. 
 
No’xotdan suvda eruvchi oqsillarni ajratish 
Bu usul bug’doy uni albuminni ekstraktsiya qilish bilan bir xil. 
No’xotdan tuzda eruvchi oqsillarni ajratish (legumin) 
No’xot uni tarkibida globulinli oqsil legumin bo’ladi. Bu oqsil suvda erimaydi, lekin 
neytral tuzlar eritmasida eriydi. Leguminni ajratish uchun 5 g no’xot uniga 20 ml 10 % li 
ammoniy sulfat eritmasini quyamiz, 30

С haroratda 20 minut davomida termostatda ekstraktsiya 
qilamiz (aralashtirib turilgan holda). Hosil bo’lgan eritmani tuzli eritma bilan namlangan filtr 
qog’ozda filtrlanadi. Hosil bo’lgan filtrat no’xot unining globulinli oqsilli eruvchanligini 
tekshirish uchun ishlatiladi. 
Buning uchun 1 ml filtratga 1 ml NaCl eritmasini qo’shamiz. Cho’kmaga tushgan 
leguminni filtrlaymiz, filtr qog’ozda qolganini 1 ml 10 % NaCl eritmasida eritamiz. Shundan 
so’ng biuret reaktivi bilan reaktsiya o’tkazamiz. Olingan natijalar quyidagi jadvalga to’ldiriladi. 
2.1-jadval 
Tekshirilayotgan oqsilning fraktsion tarkibini sifat analizi natijalari 
 
Tekshirayotg
an material 
Erituvchi 
Eruvchan 
oqsilning 
nomlanishi 
Qanday 
erituvchidan 
olinadi 
Oqsil 
reaktsiyasi 
Nazorat savollari: 


16 
1. Oqsillarning hayot uchun qanday muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntiring? 
2. Oqsillarning qanday turlarini bilasiz? 
3. O’simlik oqsillari to’g’risida nimalarni bilasiz? 

Yüklə 477,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin