33
reaktorlari
qurilishlari tashkillandi. Urandagi nurlanishlarni tadqiq qilish
orqali yetib borilgan eng dahshatli ilmiy natija esa - atom bombasining
tayyorlanishi bo‘ldi...
Bir paytlar shishasozlardan boshqa deyarli hech kimni qiziqtirmagan
uran elementi endilikda eng ilg‘or rivojlangan davlatlarda ham, hukumat
e'tiboridagi kimyoviy elementga aylandi. Uning obro‘si ham narxi ham,
qadri ham favqulodda keskin oshib ketdi. Ta'bir joiz bo‘lsa, bi paytlar
shishasozlarning beozorgina hom-ashyosi sanalgan uran, endilikda butun
insoniyatni dahshatga soladigan qo‘rqinchli kuchga aylandi.
Olimlar uran haqida aniqlagan dastlabki narsa shu bo‘ldiki - uran
atomi Doimiy ravishda yemirilib, ya'ni, parchalanib turar ekan. Ertami-
kechmi har bir uran atomidan unda mavjud subatom zarrachalarning
ma'lum qismi katta energiya bilan otilib chiqib ketadi. Aynan o‘sha uchib
chiqib ketayotgan zarrachalarni (nurlanishni) Anri Bekkerel payqab qolgan
edi. Bu jarayondan keyin uran atomi endi avvalgiday holatini yo‘qotadi va
butunlay boshqa bir atomga aylanadi. Ya'ni, endilikda u uran bo‘lmay
qoladi.
Shu mulohazadan so‘ng sizda savol paydo bo‘lishi mumkin: agar uran
doimiy parchalanib tursa, nega shu paytgacha tabiatda uran elementi hali-
hanuz mavjud? Haqli savol. Gap shundaki, uranning parchalanishi juda-
juda sekinlik bilan sodir bo‘ladi. Albatta, yuqorida ham aytilganidek, har
bir uran atomi ertami-kechmi, baribir bir kun parchalanib ketadi. Lekin bu
jarayon nihoyatda sekin va kech sodir bo‘ladi. Aytaylik 20 gramm uran
elementida milliondan ortiq atom bo‘ladi va har bir soniyada ulardan biri
albatta parchalanadi. Lekin o‘sha atiga 20 gramm uranda ham atomlar shu
darajada kichik va ular shu darajada ko‘pki, ularning hech bo‘lmaganda
yarmi parchalanib ketishi uchun taxminan 5 milliard yil kerak bo‘ladi.
Bizning ona sayyoramizning paydo bo‘lganiga esa taxminan 3,9 milliard
yil bo‘lgan deb hisoblanadi. Shunday ekan, tabiatdagi uranning haliyam
biz bilan birga ekanligidan hayron qolish kerak emas. Agar biz insonlar
uranni atom energetikasi uchun ishlatib batamom tugatib bitirmasak, u hali
yana milliardlab yil mavjud bo‘lib turadi.
Uran elementi hozirda nafaqat termoyadro yoqilg‘isi sifatida, balki,
geologiyada ham keng qo‘llanadi. Bu sohada uran vositasida muayyan
34
minerallarning va tog‘ jinslarining yoshini aniqlash mumkin. Shuningdek,
fotografiya endi-endi rivojlanayotgan vaqtlarda, XX asr boshlarida
uranilnitrat
(UO2(NO3)2)
moddasida
fotoplyonka
negativlarini
kuchaytirishda foydalanilgan.
Uran moddasi juda-juda kam miqdorlarda tirik organizmlar
to‘qimlarida uchraydi. O‘simliklar va hayvonlar tanasida uran miqdori
10,5 dan 10,8 % gacha bo‘ladi. Uran eng ko‘p bo‘ladigan tirik organizmlar
bu - ba'zi suv o‘tlari va qo‘ziqorinlardir. Odam tanasida uran miqdori 10?7
grammdan oshmaydi.
Uran va uning birikmalari toksik bo‘ladi. Ayniqsa uran va uning
birikmalarining aerozollari juda xavflidir. Uran bilan zaharlanganda eng
avvalo asab tizimi va qon aylanish tizimi izdan chiqadi. Organizmga
tushgan uran moddasi barcha hujayralar uchun umumiy zahar hisoblanadi.
Eriydigan uran birikmalarining havo hududi tarkibidagi miqdori 0,015
mg/m3 dan ortig‘i, hamda erimaydigan uran birikmalarining 0,075 mg/m3
dan ortig‘i inson tanasiga zararli ta'sir qiladi.
Yer qobig‘idagi uran miqdori oltindan 1000 barobar, kumushdan 30
barobar ko‘pdir. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra uran qo‘rg‘oshin va rux bilan bir
qatorda turadi. Uranning katta qismi tuproqda, tog‘ jinslarida va dengiz
suvlarida tarqalib yotibdi. Uran konlarida esa yer sharida mavjud
zahiraning juda kam miqdorigina yig‘ilgan bo‘lib, jahon bo‘ylab
hozirgacha aniqlangan uran zahirasi 5,4 million tonna deb baholangan.
Eng yirik uran konlari Kanada (MakArtur River koni), Qozog‘iston
(Shimoliy Xuroson koni), Rossiya (Janubiy Elkon), Mo‘g‘uliston, hamda
Ukrainada joylashgan. Bugungi kunda dunyoda 440 ta tijorat va 60 ta
ilmiy atom reaktorlari ishlab turibdi. Ularning yillik umumiy uran iste'moli
67 ming tonnani tashkil qiladi.
Hozirgi kunda jahon miqyosida uran qazib olish va qayta ishlash
sanoati juda keng quloch yozgan. Ma'lumotlarga ko‘ra uran qazib olish
bo‘yicha dunyoda qo‘shni Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda. Shuningdek,
Avstraliya, Kanada, Namibiya va Niger davlatlari ham uran qazib olish
bo‘yicha yetakchi sanaladi. Vatanimiz O‘zbekiston uran qazib olish hajmi
bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egallaydi.