A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


GES – gidro elektr stantsiyasi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə31/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

GES – gidro elektr stantsiyasi
, suv harakatining mexanik
energiyasini elektr energiyaga aylantiradi.
GAES – gidro akkumlaydigan elektr stantsiyasi
, oldindan sun`iy
havzalarida yig‘ilgan suvning harakati mexanik energiyasini elektr
energiyaga aylantiradi;
AES – atom elektr stantsiya
– yadro yoqilg‘isining atom energiyasini
elektr energiyaga aylantiradi;
OES – oqim elektr stantsiyasi
– okean suvi quyilishi (priliv) va ortga
qaytishi (otliv) energiyasini elektr energiyaga aylantiradi;
SHES – Shamol elektr stantsiyasi
Shamol energiyasini elektr
energiyaga aylantiradi;
QES – quyosh elektr stantsiyasi
– quyosh nuri energiyasini elektr
energiyaga aylantiradi.
KES – kondensatsion issiqlik elektr stantsiyalari
, faqat elektr
energiya ishlab chiqaradi.
IES lar organik yoqilg’ida (gaz, mazut, ko’mir)
va ham yadro
yoqilg‘ida ishlashi mumkin.



43
Gidroelektr stansiyalar 


Suv energiyasidan foydalanish.
Yer yuzasining to‗rtdan uch qismi
suv bilan qoplangan bo‗lib, faqat to‗rtdan bir qismigina quruqlikdan
iboratdir. Shuning uchun ham insoniyat o‗zining taraqqiyoti davomida har
doim suvdan unumli foydalanishga intilib kelgan. Insonlarning suv
energiyasidan foydalanishi avvalambor uning mexanik energiyasidan
foydalanish bilan cheklangan. Masalan, suv tegirmonlari parraklarini suv
oqimi kuchi yordamida aylantirilib tegirmon toshlari harakatlantirilib don
boshoqlari maydalanilib un holiga keltirilgan va h.k. Nihoyat suv
mexanizmlarining tadrijiy davomi bo‗lgan suv turbinalari ixtiro
qilinganidan so‗ng, suvning kinetik energiyasini elektr energiyaga
o‗zgartiruvchi gidroelektr stansiyalar paydo bo‘ldi va bu stansiyalar
dunyoning deyarli barcha tog‘lik va tog‘oldi hududlarida eng arzon elektr
energiya manbai sifatida keng qo‗llanilmoqda. Gidroelektr stansiyasining
ishlash prinsipini 1.2-rasmda ko‘rishimiz mumkin.
Suvning qanday turdagi potensial energiyasidan foydalanib elektr
energiya olishiga qarab gidroenergetik qurilmalar uch turga bo‗linadi:
– daryolarga to‘g‘onlar qurilib suv sathi ko‗tariladi va hosil qilingan
suv omborlarda yig‘ilgan suvning potensial energiyasidan foydalanib,
elektr energiya hosil qiluvchi gidroelektr stansiyalar (GES);
– okean va dengizlarda sodir bo‗lib turadigan kuchli to‘lqinlar ta‘sirida
qalqib ko‘tarilib, ko‘rfazlarda yig‘iladigan ko‗p miqdordagi suvlarning
hamda bahorgi toshqinlar vaqtida daryo chetlarida yig‘ilib qoladigan
suvlarning potensial energiyalarini elektr energiyaga o‗zgartiruvchi
toshqin gidroelektr stansiyalar;
– sun‘iy suv omborlar va ko‘llarga nasoslar yordamida yig‘ilgan
suvlarning potensial energiyasini elektr energiyaga o‗zgartiruvchi
gidroakkumulyatorli gidroelektr stansiyalar (AGES).
GES larda elektr energiya hosil qilish quyidagi sodda texnologik
sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Gidroenergetik resurs bo‘lmish suv
turbinaning parraklarini aylantirib, mexanik energiyani yuzaga keltiradi va
bu mexanik energiya o‗zgaruvchan tok generatorida elektr energiyaga
o‗zgaradi. Generatorda hosil qilingan elektr energiya kuchaytiruvshi



44
transformator yordamida elektr uzatish liniyalari orqali iste‘molchilarga


uzatiladi.
Gidroelektr stantsiya quriladigan joyda suvning potensial energiyasini
jamlash maqsadida gidrotexnik qurilma – to‘g‘on quriladi. Bu to‘g‘on
daryoning o‗zanini to‘sadi va hosil qilingan sun‘iy suv omborida suvning
ko‗payishiga va bosim kuchining oshishiga olib keladi. GES larda hosil
qilinadigan elektr energiyaning miqdori turbinadan o‗tayotgan ma‘lum
bosimli suv miqdoriga va suv energiyasini elektr energiyaga o‗zgartirishda
foydalaniladigan barcha qurilmalarning foydali ish koeffitsientlariga (FIK)
bog‗liqdir.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin