A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida yoqilg’i-energetika



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə29/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida yoqilg’i-energetika 
majmuasining tavsiflari
Ayni damda resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish kun
tartibining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun muqobil
energiyadan foydalanish to‗g‗ri qaror hisoblanadi. AQSH va yevropa
davlatlarida quyosh energiyasidan foydalangan holda suv isitish
texnologiyasi uzoq vaqtdan beri qo‗llanilmoqda.
Yevropa Ittifoqi davlatlarida quyosh energiyasidan foydalanish hajmi
sezilarli darajada jadallashdi. Ayniqsa, iqlimi birmuncha issiq bo‗lgan
mamlakatlarda, xususan, Germaniya, Belgiya, Gretsiya, Italiya, Ispaniyada
bu sohada ma‘lum darajada tajriba ham to‗plangan. Shuningdek, Xitoy,
Turkiya, Lyuksemburg va Daniya kabi davlatlarda ham bu masalaga
alohida e‘tibor qaratilyapdi. Isroilda esa quyosh energiyasidan oqilona
foydalaniladi. Mamlakatning istalgan hududidagi uylar tomlarida



41
o‗rnatilgan suv isitgichlari bunga yaqqol misoldir. Bunday maishiy


ehtiyojdagi qurilmalar 150 litr sig‗imga ega bo‗lib, quyosh batareyasidan
energiya olib, suvni isitadi. Shu tarzda bunday qurilma sohibi yiliga
taxminan 2000 kVt/soat elektr energiyasini tejash imkoniga ega bo‗ladi.
Jahonda keyingi 40 yilda aholining elektr energiyasiga bo‗lgan talabi
sezilarli darajada oshdi. Ma‘lumotlarga ko‗ra, Shu davrda qazib olingan
yoqilg‗i miqdori butun insoniyat tarixi mobaynida ishlatilgan yoqilg‗idan
ham ko‗proqni tashkil etadi. Bugungi kunda tabiiy yoqilg‗i ishlatish
miqdori dunyo bo‗yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga to‗g‗ri keladi.
Qazib olinayotgan neft, tabiiy gaz, ko‗mir va uran hozirgi vaqtda
dunyodagi asosiy energiya manbalari hisoblanib, ulardan hozirgi darajada
foydalanish davom etsa, mavjud neft zaxiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz esa
70-75 yilga etadi, xolos.
Shu bois jahonda asta-sekinlik bilan bo‗lsada, qayta tiklanuvchi
energiya manbalaridan foydalanishga o‗tilmoqda. Ekologik toza bo‗lgan
bunday energiya manbalarining atrof-muhitga zarari ham kam. Shu bois,
dunyo olimlari bu masalani nihoyatda dolzarb deb hisoblashmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi barqaror rivojlanish
uchun energiyaning muhimligini e‘tiborga olib, o‗tgan yilni ―Barqaror
energetika barcha uchun‖ xalqaro yili deb e‘lon qilganligi ham
fikrimizning dalilidir.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin