A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə37/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Atom elektr stansiyalari 
Atom energiyasi cheksiz energiya manbai bo‘lib xisoblanadi. Inson bu
manbadan tinchlik maqsadlarida, xususan issiqlik va elektr energiya
olishni o‗zlashtirdi. Bu esa energetika taraqqiyotida yangi davrni ochib
byerdi. Dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi (AES) 1954 yili ishga
tushirildi. Hozirda dunyoning 20 dan ortiq davlatlarida atom elektr
stansiyalari ishlab turibdi.
Atom elektr stansiyalari (AES) yadro reaksiyalari paytida yuzaga
keladigan energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradi.
Atom energetikasining rivojlanishi energetika va elektrlashtirishda
ulkan imkoniyatlarini ochib bermoqda. Atom energetikasi insoniyat oldida
turgan yoqilg‘i yetishmovchiligi havfini bartaraf qilish va energetikaning
hozirda va kelajakda tezkor rivojlanishini ta‘minlamoqda.
2000 yilda dunyoda ishlab chiqarilgan barcha elektr energiyaning
deyarli 60% atom elektr stansiyalarda ishlab chiqarilgan bo‗lib, bu elektr
stansiyalarning umumiy quvvati allaqachon million MVt dan oshib ketdi.
Yadro yoqilg’isining zahiralari.
Atom elektr stansiyalarida yoqilg‘i
sifatida urandan foydalaniladi. Dunyoda uran zahiralari deyarli 66 mln.
tonnani tashkil etadi, okean va dengizlarning tublaridagi uranli
birikmalarning salmogi esa tahminan 4 mlrd. tonnadan kam emas. Bundan
tashqari atom energiyasini zahiralari katta bo‗lgan toriyni qayta ishlab ham
yoqilg‘i olish mumkin.
Dunyodagi ko‗mirning zahiralari neft va gazlarning zahiralaridan
deyarli 50 marta oshiq bo‗lgan holda, uran va toriylarning zahiralari
ko‗mir, neft va gaz zahiralarini qushib hisoblaganda ham ulardan 2000
marta ko‗pdir. Kelajak energetikasi bu atom energetikasidir.
Atom elektr stansiyalarida uran yadrosining bo‘linishi natijasida yadro
energiyasi ajralib chiqadi, bu energiya to‘liq issiqlik energiyasiga aylanadi
va suvni isitishga hamda bu suvdan bug‗ olishga xizmat qiladi. Issiqlik



54
elektr stansiyalari bilan atom elektr stansiyalarida issiqlik energiyasini


mexanik energiyaga, so‗ngra mexanik energiyani elektr energiyaga
o‗zgartirish bosqichlari deyarli bir xildir. Atom elektr stansiyasida ham suv
bug‗i turbinaga beriladi, turbinaning mexanik energiyasi generatorda elektr
energiyaga o‗zgartiriladi (1.5 – rasm).
Atom elektr stansiyalari uchun birlamchi energiya uran yadroning
ichki energiyasi hisoblanadi. Yadroning bo‘linishi natijasida g‘oyat katta
kinetik energiya hosil bo‗ladi va bu energiya issiqlik energiyasiga
o‗zgartiriladi. Yadro energiyasining issiqlik energiyasiga o‗zgartiruvchi
qurilma reaktor deb ataladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin