58
uchun yaraydi. Qizigan yonish mahsulotlari o‗z energiyasini gaz
turbinasiga
beradi va kompressor, hamda sinxron generatorni aylantiradi.
Qurilma ishga tushiruvchi elektr motori yordamida 1–2 minut davomida
ishga tushiriladi.
Elektr energiyasini IEM larda ishlab chiqarish katta isroflar bilan
bog‗liqdir. Shu bilan bir qatorda,
sanoatning kimyo, to‗qimachilik, oziq–
ovqat, metallurgiya kabi sohalarida, issiqlik, texnologik maqsadlarda talab
etiladi. Yashash uylarida kattagina miqdorda issiqlik suv talab etiladi.
Mamlakatimizda yoqilg‗ining yarmidan ko‗prog‗i korxonalarning
issiqlik ehtiyojlariga sarf qilinadi. Sanoatda issiqlikni iste‘mol qilish
o‗lchami haqida tahminiy xulosani har qanday aniq korxona misolida
ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, avtomobil
ishlab chiqarish qurilishi
zavodida iste‘mol qilinuvchi issiqlik energiyasining ¾ qismi isitish,
ventilyasiya hamda maishiy xizmatga; ¼ qismigina ishlab chiqarish
maqsadlarida foydalaniladi. Kimyo sanoatining
azot ishlab chiqarish
kombinatida unga teskari holatni kuzatamiz. Bu yerda iste‘mol qilinuvchi
issiqlik energiyasining tahminan ¼ qismini, ishlab chiqarish ehtiyojlari
uchun esa ¾ sarf qilinadi.
Issiqlik energiyasiga bo‗lgan ehtiyojni, kichik quvvatli qozon
qurilmalarini
qurish asosida qondirish, ko‗p hollarda maqsadga muvofiq
emasdir. Bunday hollarda elektr va issiqlik energiyalarini ishlab
chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalarini bug‗ qozonidan olinuvchi bug‗dan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu vazifani bajarish uchun xizmat
qiluvchi elektr stansiyalar – issiqlik elektr markazlari deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: