60
Shamol energetikasi
– bu shamol oqimining kinetik energiyasini
mexanik energiyaga aylantirish evaziga elektr energiyasi olishga
qaratilgan sohadir. Inson shamol kuchidan qadimdan foydalanib kelgan.
Oldiniga uning kuchidan faqat yelkanli qayiqlarda foydalanilgan,
keyinchalik (mil. av. 2—1-asr) Misr va
Xitoyda shamol tegirmonlari
paydo bulgan, keyinchalik shamol dvigatellari va qurilmalari yaratilgan.
Shamol energetikasi, asosan, 2 qismga bulinadi: shamol texnikasi va
shamoldan foydalanish. Shamol texnikasi qismi shamol kuchidan
foydalanib
ishlovchi
texnika
vositalari
(agregatlari,
dvigatellari,
qurilmalari)ni loyihalashning nazariy asoslari
va amaliy usullarini ishlab
chiqish bilan shugʻullanadi. Shamoldan foydalanish qismida shamol
energiyasidan samarali foydalanish, shamol qurilmalaridan unumli
foydalanish,
ularning
texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini
yaxshilash
masalalari va boshqalarning nazariy va amaliy masalalari o‘rganiladi va
amalda tatbiq qilinadi.
Vertikal va gorizontal aylanuvchi o‘qli shamol qurilmalari mavjud.
Shamol generator qurilmasi shamolning tezligi 5 va undan ortiq m/sek
bo‘lganda muvaffaqiyatli ishlatish mumkin. Shamol elektr stansiyasining
havoga titrama yo‘nalish berishi, shovqin bilan ishlashi hamda qushlarning
uchishiga to‘sqinlik qilishi uninh kamchiliklariga kiradi.
Dunyoda shamol energiyasining potentsiali ulkandir. Shamol
energiyasidan foydalanish bo‗yicha olib borilayotgan xozirgi ishlar,
katta
alohida shamol generatorlari yaratish va ularning energiyasidan ishlab
turgan energiya tarmoqlariga ulashdan va asosiy tarmoq sifatida
foydalanishdan iboratdir.
Kichik tezliklarda ishlaydigan shamol generatorlarini qurishdagi
oxirgi muxandislik muvaffaqiyatlari shamoldan
foydalanishni iqtisodiy
o‘z-o‘zini oqlashini ko‘rsatmoqda. Lekin shamol elektr stansiyalari
(SHES) qurilishiga bo‘lgan cheklanishlar, ayniqsa, bu qurilmalarning
qimmatligi, bu energiya manbaining potensialini pasaytiradi.
Shamol energiyasining narxi yiliga 15%
ga pasaymoqda va hatto
bugun bozorda raqobatbardoshdir, asosan- AESlarda olinadigan (yiliga
61
5%ga oshib bormoqda) energiya narxidan farqli o‘laroq kelajakda pasayish
imkoniyatiga ega.
Rivojlangan davlatlarda shamol energiyasini o‘zlashtirish shuni
ko‘rsatayaptiki, quvvati 100
kVt dan ortiq, ayniqsa 200-500 kVt
oralig‘idagi shamol qurilmalari eng optimal hisoblanadi. Bunda masalan,
Daniyada shamol elektr stantsiyasida ishlab chiqarilgan 1 kVt*s elektr
energiya, issiqlik elektr stansiyad
Dostları ilə paylaş: