55
Shunday susayadiki, endi neytron va protonlarni yadro qobigida ushlab
turish mumkin bo‘lmay qoladi. Natijada yadro bo‗linadi va yadro
bo‘lakchalari paydo bo‗ladi. Yadroning bo‘linishida bir neshta ozod
neytronlar uchib chiqadi.
Ozod neytronlar yadroni bomardimon qilishni davom ettiradi, yangi
bo‘linishlarni yuzaga keltiradi va h.k. Bu jarayon zanjirli reaksiya tarzida
davom etib, bu jarayon vaqtida juda katta miqdorda energiya ajralib
chiqadi. Bu energiya – harakatlanayotgan yadro, yadro bo‘lakchalari va
neytronlarning kinetik energiyasidir. Agar yadro bo‘linishi jarayonini
to‘xtatsak u holda uning bo‘linish vaqtida hosil bo‗lgan kinetik energiyasi
issiqlik energiyaga aylanadi.
Reaktor yadro energiyasining turg‘un hosil bo‘lish jarayonini
ta‘minlashi va bu energiyani rostlashni hamda reaktorni vayron qilishi
mumkin bo‗lgan miqdordagi yadro energiyasi hosil bo‗lishiga yo‗l
quymasligi kabi asosiy funksiyalarni bajarishi kerak.
Reaktorning tuzilishi.
Yadro reaktori aktiv zona, qaytaruvchi
qurilma, boshqaruv tizimi, rostlovshi va nazorat tizimlari, korpus va
biologik himoya vositalaridan iborat bo‗ladi. Sterjenlar ko‗rinishidagi
yadro yoqilg‘isi va shuningdek neytronlarni sekinlatuvchi grafitlar aktiv
zonaga tushiriladi. Aktiv zona orqali o‘tuvchi issiqlik tashuvchilar
yordamida issiqlikni uzatishga xizmat qiladi. Issiqlik tashuvchi vazifasini
suv, suv bug‗i, inyert gazlar va h.k.lar bajarishi mumkin. Issiqlik tashuvchi
yadro yoqilg‘isi bo‗lgan sterjenlarni yuzalaridan o‘tganida qiziydi va
qizigan issiqlik tashuvchi issiqligidan keyinchalik foydalanish uchun u
uzatiladi. Neytronlarning aktiv zona tashqarisiga chiqib ketishiga yo‗l
quymaslik maqsadida aktiv zona qaytargishlar bilan o‘raladi. Reaktorning
quvvati maxsus sterjenlar yordamida rostlanadi. Bu sterjenlar aktiv zonaga
tushirilib, neytronlar oqimining harakati o‗zgartiriladi va natijada yadro
reaksiyasining tezligi rostlanadi. Issiqlik tashuvchi bug‗ generatoriga
yuboriladi, uning issiqligi suvga o‘tadi va natijada bug‗ hosil bo‗ladi. Hosil
qilingan ma‘lum bosimli suv bug‗i turbinaning parraklarini harakatga
keltiradi.
Yadro reaksiyasi jarayoni kechayotgan paytda barcha jonli
mavjudotlar uchun o‗ta zararli bo‗lgan nurlarning reaktordan tashqariga
56
chiqishiga yo‘l quymaslik maqsadida reaktorda biologik himoya vositalari
qo‗llaniladi. Biologik himoya vositasi vazifasini reaktorni bir necha metrli
qalinlikda o‗ralgan beton qatlami bajaradi.
Dostları ilə paylaş: