A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Issiqlik elektr stansiyalari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə34/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Issiqlik elektr stansiyalari 
Issiqlik elektr stansiyasi qanday ishlaydi? Issiqlik elektr stansiyalarida
(IES) yoqilg‗ining kimyoviy energiyasi issiqlik va elektr energiyalarga
o‗zgartirilib iste‘molchilarga uzatiladi (1.4–rasm). Qozon, turbina va
generatorlar IES ning asosiy texnologik qurilmalaridir. Yoqilg‗ining
yonishi natijasida hosil bo‗lgan issiqlik energiyasi qozonda suv bug‗i
energiyasiga o‗zgartiriladi. Turbinada suv bug‗i energiyasi aylanuvchi
mexanik energiyaga o‗zgaradi. Generator aylanuvchi mexanik energiyani
elektr energiyaga o‗zgartiradi. Issiqlik energiyasi bug‗ ko‗rinishida
iste‘molchilarning hojatlarini qondirish maqsadida turbinadan yoki
bo‘lmasa qozonning o‗zidan olinishi mumkin.



49
Qozon – bu bug‗ generatori. Qozonda yoqilg‘i sifatida turli organik


yoqilg‘i turlari ishlatilishi mumkin. Yoqilg‘i yonganida undan yonish
energiyasi ajralib chiqadi. Agar yoqilg‘i ko‗mir bo‗lsa, u holda
yoqilishidan oldin kukun holiga keltirilib so‗ngra yoqiladi va bu
ko‗mirning to‘liq yonishini ta‘minlaydi. Zamonaviy qozonlar –
bug‗ generatorlari – balandligi besh qavatli imoratga teng keladigan
murakkab texnik inshoatdir. Yoqilg‗ining yonish temperaturasi 2000
0
C
gacha yetadi va bu o‗z navbatida bug‗ qozonlarini yasash uchun
ishlatiladigan metall alohida issiqlika chidamli bo‗lishi kerakligini
bildiradi. Bir bug‗ qozonida soatiga 4000 tonna suv bug‗i ishlab chiqarish
mumkin. Bug‗ qozonida yoqilg‗ining to‘liq yonishini ta‘minlash uchun
hamda yoqilg‗ining yonishidan hosil bo‗ladigan kul, gaz va boshqa zaharli
moddalarning atrof – muhitga tarqalishini oldini olish maqsadida ko‗plab
qurilma va jihozlar qo‗llaniladi. Qozonlarning quvvati, o‗lchamlari va
texnik ko‗rsatkichlari tobora oshib bormoqda.

1.4. Rasm. Issiqlik elektr stansiyasining elektr

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin