8.LABORATORIYA ISHI
MATERIALLARNING YONISH HARORATINI ANIQLASH
Ishdan maqsad:
Talabalar tomonidan maxsus olingan suyuqlik (solyarka)da
tajriba o’tkazish va yonish haroratini va materiallarni hamda inshootlarning yonish-
yonmasligini aniqlash usul bilan tanishish va bu muhim ko’rsatkichni aniqlash
ko’nikmasini hosil qilish.
Kerakli jihozlar:
Termometr, solyarka, qum, katta tegil, kichik tegil,
elektr plitka, shtativ, rozetka.
Tayanch iboralar:
yonish, o’z-o’zidan yonish, alangalanish,
portlash,
chaqnash.
Umumiy ma’lumotlar
Respublikada mexnat xavfsizligi standartlari sistemasi Yonuvchi modda
bilan xavodagi kislorodning o’zaro t’asiri natijasida juda tez kechuvchi va ko’p
miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy riaksiyaga yonish deyladi. Ko’p
xolarda yonish yonuvchi modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga kechadi.
Yong’in hosil bo’lishi va davom yetishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq va
gazsimon ) yonuvchi modda mavjud bo’lishi kerak. Shuni aytish kerakki, havodagi
kislarod miqdori 15 % dan yuqori bo’lgandagina oksidlovchi vazifani bajara oladi,
undan past konsentratsyada yesa yonish sodir bo’lmaydi. Bundan tashqari,
oksidlovchi modda vazifani tegishli sharoitlarda xlor, brom, kaliy va boshqa
moddalar ham o’tashi munkin.
Yonish deb, yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir
moddaning ikkinchi moddaga aylanishi natijasida
katta miqdorda issiqlik va
nurlanish ajralishi bilan kechadigan hodisaga aytiladi.
Yonishda asosan uch omil muhim rol o’ynaydi:
1)
yonuvchi modda;
2)
yondiruvchi muhit;
3)
qizdirish jarayoni.
Yonuvchi modda deyarli hamma joyda bor: bular har xil yog’och
mahsulotlari va jihozlari, qog'oz mahsulotlari, kimyoviy moddalar, yonuvchi
suyuqliklar va har qanday organik moddalardir. Yondiruvchi muhit bu bizni
o’rab tuigan havd tarkibidagi kislorod bo’lib, u ham hamma vaqt mavjud. Ba’zi
bir
hollarda yonish jarayoni xlor, brom kabi oksidlovchilar muhitida ham ro'y
berishi mumkin. Endi qizdirish jarayoni bo’lsa, yonish reaksiyasi vujudga keladi.
Buning uchun ma’lum miqdorda qizdirish manbasi bo’lishi kerak. Reaksiya
boshlangandan keyin, reaksiya natijasida hosil bo’lgan issiqli yonishning davom
etishini ta’minlaydi. Shuning uchun yonayotgan zona alangalanish manbasi va
yonish zonasi hisoblanadi. U zona harorati qancha katta bolsa, yonish shuncha
tez bo’ladi. Yonish jarayoni asosan ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchisida qattiq
jismlar yonish jarayonida yonayotgan modda havo muhitidan ajralgan holda
bo’ladi. Kislorod bilan birikish yonish zonasidagi issiqlik natijasida sodir bo’ladi
va bu birikkan modda (yoki yonish mahsuloti) qizigan
holatda yuqoriga qarab
yo’naladi va o’z o’rniga havo bilan kislorodning kirishiga sababchi bo’ladi va bu
holat yonuvchi modda tamom bo’lguncha davom etishi mumkin. Bu yonishni
havo harakati natijasida yonish zonasini kislorod bilan ta’minlaganligi uchun
diffuziya yonishi deb yuritiladi. Bunday yonishni yog’och, ko’mir, sham va
boshqalar yonganda kuzatish mumkin. Yong’inlar ham asosan diffuziya tartibda
bo’ladi. Yonishning ikkinchi xili—yonuvchi gazlar, yonuvchi suyuqliklaming
bug’lari va yonuvchi moddalaming changlari havo bilan aralashgan holatdagi
yonishi bu kinetik yonish deb ataladi. Bunday yonish
hajmiy yonish jarayonida
o’tadi, ya’ni shu ma’lum hajmdagi modda baravar yonadi. Yonish tezligi modda
miqdor zichligiga, haroratiga bogliq bo’ladi. Agar bunday yonish yopiq
hajmlarda yoki idishlarda bo’lsa, portlash hodisasi ro’y beradi. Yonish jarayonini
shartli ravishda quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1)
Chaqnash-yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib-o’chishi. Bunda
yonishning davom etishi uchun aralashma tayyor-lanishining imkoniyati yo’q.
2)
Qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi.
3)
Alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi.
4)
O’z-o’zidan yonish-moddalar ichida asosan organik moddalarda ro’y
beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan qizdirishsiz yonuvchi
aralashmaning o’z-o’zidan yonib ketishi.
5)
O’z-o’zidan alangalanish o’z-o'zidan yonishning
alanga bilan davom
etishi.
6)
Portlash-o’ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va energiya hosil
qilish bilan o’tishi.
Yonuvchi modda ma’lum haroratlarda o’zidan yonuvchi bug’lar ajratib chiqarishi
natijasida alangalanish ta’minlansa, bu harorat alangalanish harorati deb
yuritiladi. Ba’zi bir, asosan organik moddalar (torf, qipiq paxta, ko’mir
mahsulotlari, qora mollaming chiqindilari) o’z-o’zidan yonib ketish xususiyatiga
ega. Chunk ular g’ovak asosga ega, oksidlanishi mumkin bo'lgan yuzasi juda
katta bo’lganligidan, bu moddalar ochiq joylarda ma’lum miqdorda tushib qolsa,
ob-havo sharoiti ta’sirida qizib yonib ketadi. Buning asosiy sababi organik
moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlar
rivojlanadi va
ulaming rivojlanishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi, bu hodisani organik
moddalaming o'z-o’zidan qizish jarayoni deb ataladi. Bunday hodisalar ba’zi bir
kimyoviy moddalarda ham bo’lishi mumkin. Masalan, ishqoriy yer metallar,
kalsiy karbid, so’ndirilmagan ohak uncha ko’p bo’lmagan suv ta’siridan qizib
alangalanib ketishi mumkin. Bunday hodisalar ko’pincha yong’in chiqishiga
bevosita sababchi bo’ladi. Yonish jarayoni yonuvchi
modda molekulalarining
kislorod molekulari bilan birikish hodisasi hisoblanadi. Yonish jarayonini
akdemik N.N.Semyonov zanjirli reaksiya nazariyasi asosida tushuntiradi.
Oksidlanish reaksiyasi odatda is-siqlik ajralish bilan boradi va bu hodisa ma’lum
sharoitda tezlashib ketishi mumkin. Oksidlanishning mana shu tezlanish davri
yon-ishga o’tgan davriga to’g’ri kelib, bun o’z-o’zidan alangalanish hodisasi deb
yuritamiz.
O’z-o'zidan alangalanish issiqlik ta’sirida yoki zanjir tartibda yuz berishi
mumkin. O’z-o’zidan yonish issiqlik ta’sirida bo’lganda reaksiya natijasida
ajralib chiqayotgan issiqlik tashqi muhitga tarqalayotgan is-siqlikdan katta
bo’lgan taqdirdagina vujudga keladi. Zanjir tartibi
esa molekulalar zanjiri