7)
O’z-o’zidan alangalanish o’z-o'zidan
yonishning alanga
bilan davom etishi.
8)
Portlash-o’ta tez yonish kimyoviy jarayonining bosim va
energiya hosil qilish bilan o’tishi.
Yonuvchi modda ma’lum haroratlarda o’zidan yonuvchi bug’lar ajratib
chiqarishi natijasida alangalanish ta’minlansa, bu harorat alangalanish
harorati deb yuritiladi. Ba’zi bir, asosan organik moddalar (torf, qipiq
paxta, ko’mir
mahsulotlari, qora mollaming chiqindilari) o’z-o’zidan
yonib ketish xususiyatiga ega. Chunk ular g’ovak asosga ega,
oksidlanishi mumkin bo'lgan yuzasi juda katta bo’lganligidan, bu
moddalar ochiq joylarda ma’lum miqdorda tushib qolsa,
ob-havo
sharoiti ta’sirida qizib yonib ketadi. Buning asosiy sababi organik
moddalar namlanganda uning ichki qismida mikroorganizmlar
rivojlanadi va ulaming rivojlanishi natijasida issiqlik ajralib chiqadi, bu
hodisani organik moddalaming o'z-o’zidan qizish jarayoni deb ataladi.
Bunday hodisalar ba’zi bir kimyoviy moddalarda ham bo’lishi
mumkin. Masalan, ishqoriy yer metallar, kalsiy karbid, so’ndirilmagan
ohak uncha ko’p bo’lmagan suv ta’siridan
qizib alangalanib ketishi
mumkin. Bunday hodisalar ko’pincha yong’in chiqishiga bevosita
sababchi bo’ladi. Yonish jarayoni yonuvchi modda molekulalarining
kislorod molekulari bilan birikish hodisasi hisoblanadi.
Yonish
jarayonini akdemik N.N.Semyonov zanjirli reaksiya nazariyasi asosida
tushuntiradi. Oksidlanish reaksiyasi odatda is-siqlik ajralish bilan
boradi va bu hodisa ma’lum sharoitda tezlashib ketishi mumkin.
Oksidlanishning mana shu tezlanish davri yon-ishga o’tgan davriga
to’g’ri kelib, bun o’z-o’zidan alangalanish hodisasi deb yuritamiz.
O’z-o'zidan alangalanish issiqlik ta’sirida
yoki zanjir tartibda yuz
berishi mumkin. O’z-o’zidan yonish issiqlik ta’sirida bo’lganda
reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlik tashqi muhitga
tarqalayotgan is-siqlikdan katta bo’lgan taqdirdagina vujudga keladi.
Zanjir tartibi esa molekulalar zanjiri uzluksiz davom etishi va
zanjiming tarmoq-lari keskin ortib ketishi natijasida sodir bo’ladi. O'z-
o’zidan yonib ketishning issiqlik ta’sirida ro’y berish holatini ko’rib
chiqamiz. Faraz qilaylik idishda
V hajmida yonuvchi gaz yoki
bug’lanib yonuvchi gaz holatidagi kelgan suyuqlik havo bilan biiga
tuldirilgan bo’lsin. Shu xonadagi harorat va atmosfera bosimida havo
bilan to’ldirilgan yonuvchi gaz yoki bug’langan suyuqlik o’rtasida
hech qanday reaksiya bo’lmaydi.
Har xil moddalar uchun o'z-o’zidan alangalanish
harorati har xil
bo’ladi va ba’zan keskin farq qiladi. Masalan, A-72 benzinining
o'zo'zidan alangalarini harorati 255 °C ga, qayin yog’ochiniki-400 °C,
linoleumniki-411 °C ga teng.