Uslubiyat test Og’zaki uslubga nimalar kiradi ?



Yüklə 21,5 Kb.
tarix17.05.2022
ölçüsü21,5 Kb.
#58277
Akademik yozuv test


Uslubiyat test

1. Og’zaki uslubga nimalar kiradi ?

A) suhbat,hikoya B) yozishmalar, xabarnomalar

C) blog, forum D) barchasi to’g’ri

2. Og’zaki uslubning leksik va gramatik xususiyatlari qaysilar?

A) xarakterli so’z birikmalar, ritorik savollar va inversiya mavjudligi

B) adabiyligi va ritorik ekanligi

C) inversiya va ilmiylik mavjudligi

D) B va C javoblar tog’ri

3. Frezeologik birliklar mavjud birikmani toping.

A) qo’lidan tutmoq B) boshiga ko’tarmoq

C) yuqoriga ko’tarmoq D) qattiq tutmoq

4. Uslubiy bo‘yoq, ta’sirchanlik mavjud bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.

A) nutq irod etmoq, qizcha, onajon B) kitobcha, suv, gazetxon

C) bolagina, o‘quvchi, qushcha D) onajon, ko‘zim, bosh

6. Quyidagi sinonimik so‘zlarning qaysi biri so‘zlashuv uslubiga xos?

A) qadrdon B) ahil C) totuv D) qalin

7. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri faqat yozma nutqqa xos?

A) ichmoq B) no‘sh etmoq C) ko‘tarmoq D) tortmoq

8. Quyidagi so’zlardan rasmiy uslubga tegishli so‘zni belgilang?

A) ketmoq B) tushmoq C) olinmoq D) ozod qilinmoq

9. So‘zlashuv uslubida qo‘llanadigan so‘zlar qatorini aniqlang.

A) bashar, mozor, yaxshi, kasal B) ado etmoq, behuda, yopiq

C) rostdan, bo‘ldi, mayli D) voqea, barvasta, chiroyli

10. Quyidagi gaplardan ilmiy uslubga tegishlisini belgilang.

A) Qani endi, barcha ham senga o‘xshasa. B) Mayin shamol daraxt yaproqlarini asta tortqilaydi. C) Mushfiq onaning hasratlari bir dunyo edi. D) Yonishning tashqi belgisi issiqlik va yorug‘lik chiqishidir.

11. Quyidagi sinonim so‘zlarning ko‘proq so‘zlashuv uslubiga tegishlisini belgilang.

A) rohat B) huzur C) mazza D) lazzat

12. Quyidagi rang bildirgan so‘zlardan badiiy uslubga tegishlisini toping.

A) ko‘k B) zangor C) qizil D) havorang

13. Rasmiy uslubga xos xususiyatni belgilang.

A) Ko‘p ma’noli so‘zlar ishlatiladi. B) Terminlar qo‘llanadi C) Ibora va jumlalar ma’lum qolipda bo‘ladi D) shevaga xos so‘zlar faol qo‘llanadi

14. So‘zning o‘z ma’nosidan ko‘chishi qaysi uslubda uchraydi?

A) rasmiy, ilmiy B) publitsistik, ilmiy

C) badiiy, so‘zlashuv D) rasmiy, publitsistik

15. Keltirilgan matnning uslubini toping. Oyijon, oyijon, boshginam og‘riydi-yo. (Qo‘shiqdan)

A) so‘zlashuv B) rasmiy-idoraviy C) ilmiy D) publitsistik

16. Badiiy uslubga xos gapni aniqlang.

A) Sen menga: “Ovqating undog‘, ovqating mundog‘” - degan gapni qilaverma. B) Stakanlarning ikkovida ham rangli eritma bor. C) Ma’lumotnoma tuman hokimiyatiga ko‘rsatilsin.

D) Butun osmonni bulutlarning og‘ir, qalin, qoramtir namati qoplagan.

17. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri faqat badiiy uslubga xos?

A) kabi B) yanglig‘ C) misoli D) doim

18. Obrazlar, obrazli tasvirlar bilan emas, aniq ma’lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta’rif-lash, tushunchalarga mos keladigan atamalar bilan ish ko‘radigan uslubdir. Ushbu ta’rif qaysi uslubga mos keladi?

A) badiiy B) ilmiy C) rasmiy-idoraviy D) publitsistik

19. Ilmiy uslubga xos asosiy belgilardan biri noto‘g‘ri bayon qilingan qatorni belgilang.A) undalmali gaplar, his-hayajonli gaplar deyarli qo‘llanmaydi B) tilning tasviriy-ta’siriy vositalari ishlatiladi C) Shartli belgilar qo‘llanmaydi. D) matn monologik nutq tarzida bo‘lib, dialoglar bo‘lmaydi

20. Rasmiy uslubda ko‘pincha qanday gaplardan foydalaniladi?

A) faqat darak, so’roq gaplardan B) asosan buyruq gaplardan C) asosan buyruq va his-hayajon gaplardan D) asosan darak va buyruq gaplardan

21. Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda. Dala va bog‘larda ish qizg‘in. Dehqon bog‘da anor ko‘myapti. U kuchli qadoq qo‘llari bilan anorning tikanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog‘layapti. Anor tupini poxolga o‘rab, tuproq bilan ko‘myapti. Yuqoridagi badiiy tasvirdan asosiy fikr ifodalangan gapni toping.

A) U kuchli qadoq qo‘llari bilan anorning tiklanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog‘layapti B) Dala va bog‘larda ish qizg‘in C) Dehqon bog‘da anor ko‘myapti. D) Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda.

22. Quyidagi matn qaysi uslubga xos?

17-modda. Fuqarolarning huquq layoqati. Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.

Fuqaroning huquq layoqati tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.

A) badiiy B) ilmiy C) rasmiy D) publitsistik

23. Quyidagi matn qaysi uslub namunasi hisoblanadi?

Yomg‘ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera yog‘ini. Tomchining diametri 0,50,6 mm bo‘ladi. Yomg‘ir bulutdagi mayda suv zarralarining qo‘shilib yiriklashuvidan hosil bo‘ladi. yomg‘ir ikki xildir: jala yomg‘ir, shivalama yomg‘ir. Shivalama yomg‘irning yog‘ish miqdori intensivligi soatiga 0,25 mm gacha, jala yomg‘irniki esa 100 mm gacha bo‘lishi mumkin.

A) rasmiy uslub B) ommabop uslub

C) publitsistik uslub D) ilmiy uslub.

24. Qaysi uslub turida tilning tasviriy-ta’siriy vositalari yordami bilan obrazlar vositasida kishiga estetik ta’sir ko‘rsatiladi?

A) publitsistik uslubda B) badiiy uslubda

C) ilmiy uslubda D) rasmiy uslubda

25. Asosan qanday uslubda so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanmaydi?

A) ilmiy uslubda B) rasmiy ish uslubida

C) so‘zlashuv uslubida D) A, B

27. Asosan badiiy uslubga xos bo‘lgan izn (izn bermoq) so‘zining sinonimini toping.

A) ixtiyor B) ijozat C) erk D) nishona

28. Qisqalik, aniqlik, soddalik, shuningdek, ibora va jumlalarning bir qolipda bo‘lishi asosan qaysi uslubga xos?

A) so‘zlashuv uslubiga B) ilmiy uslubga

C) ommabop uslubga D) badiiy uslubga

29. “O‘rtoq rafiqam! Ruxsat bersangiz turmush qurganimizga bir yil to‘lishi munosabati bilan sizni tabrik qilishga!” Ushbu gap qaysi uslubga misol bo‘la oladi?

A) rasmiy B) ilmiy C) ommabop D) badiiy

30. Borolmadim: ishim chiqib qoldi. Erta boraman gaplari qaysi uslubga xos?

A) badiiy B) so‘zlashuv C) rasmiy D) ilmiy

31. Ushbu matn qaysi uslubga tegishli? Bodom fevral oyida gullaydi. Qayrag‘och - qurilish materiali, shuningdek, mebel korxonalari uchun qimmatli xom ashyo.

A) ilmiy B) badiiy C) so‘zlashuv D) publitsistik

32. Quyidagi matn qaysi uslubga tegishli? Jo‘yaklarda suv bir hovuch ko‘z yoshiday miltirab oqib turibdi. Quyosh qaymoq surtilgan shirmon nondek ufqqa qizarib bota boshladi. A) rasmiy B) publitsistik C) badiiy D) so‘zlashuv

33. “Biz ushbu dalolatnomani tuzuvchilar...”, “Arizani yozishdan maqsadim shuki...” kabi birikmalar qaysi uslubda ishlatiladi?

A) badiiy B) rasmiy C) ilmiy D) publitsistik

34. “… muayyan bir millat vakillari uchun tarixan umumiy bo‘lgan, milliy madaniyatning ko‘zgusi sifatida ularni ruhan birlashtiradigan vosita bo‘lib, u xalq shevalari, oddiy so‘zlashuv unsurlari, jargonlarni ham o‘z ichiga oladi.” Nuqtalar o’rnini to’ldiring.

A) milliy til B) adabiy til C) nutq uslublari D) uslubiyat

35. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, demakki, nutqiy uslublarning hammasida erkin qo‘llanadigan til birliklari mavjud. Ushbu ta’rifga xos so’zlar qanday nomlanadi?

A) uslubiy xoslangan B) uslubiy xoslanmagan C) ijobiy ma’nodagi so’zlar D) salbiy ma’nodagi so’zlar

36. Men buyuk yurt o‘g‘lidurman, Men bashar farzandiman.

Ushbu misrada qo’llangan funksional bo’yoqqa ega so’zni aniqlang.

A)Men B) buyuk C) bashar D) o’g’il

37. Menga qara, Zabar, birato‘la kelib menikida yashab tursang-chi?

Shaharning qoq markazi, hamma sharoit muhayyo. Hu-uv Sirg‘alingdan sakillab

yurguncha! Ushbu parchada berilgan emotsional bo’yoqa ega soz’z qaysi?

A) qoq markaz B) shahar

C) sakillab yurguncha D) huuv

38. Badiiy uslubga xos so‘zni toping.

A) Ovqat B) Taom

C) Ne’mat D) Xo‘rak

39. Salbiylik va ijobiylik bo‘yog‘iga ega so‘zlarni toping. Aravaning orqasidan iljaygan kalla ko‘rindi. Qiz Umidga qarab jilmaydi.

A) Iljaygan – salbiy. B)Jilmaydi – ijobiy.

C) Iljaygan – salbiy va ijobiy. D) A va B

40. Yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol so‘zlaridagi ma’lum uslubga xoslanganligi va uslubiy bo‘yog‘ini farqlang.

A) Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so‘zlashuv uslubida, salbiy bo‘yoq. Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo‘yoq.

B) Yuz, bet - biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so‘zlashuv uslubida, salbiy bo‘yoq. Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo‘yoq.

C) Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq - badiiy uslubda, ijobiy bo‘yoq. Chehra, jamol – so‘zlashuv uslubida, salbiy bo‘yoq.

D) Yuz, bet - badiiy uslubda, ijobiy bo‘yoq. bet, aft, bashara, turq - so‘zlashuv uslubida, salbiy bo‘yoq. Chehra, jamol – biron-bir uslubga xoslanmagan

41. Badiiy uslubga xos so‘zlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan ?

A) samo, turna qator , ko’z , binafsha

B) obi hayot , kamalak , falokat

C) hikoya, ruboiy , she’r , kelin

D) dil, fano, homush, sarmast

42. Annotatsiya nima?

A) Kitob haqida qisqacha ma’lumot

B) Maqola yoki Matn haqida qisqacha ma’lumot

C) Ikkinchi darajali matn

D) Barcha javoblar to’g’ri

43. Annotatsiya birimchi tarkibiy komponeneti nima?

A)Muallifini keltirish B)Bibliografik tavsifi

C) Adresat D) Mazmuni

44. Annotatsiyasining to'liq tuzilishi ?

A) Muallif, mazmun B)Adresat,mazmun

C) Bibliografik tavsifi, mazmun, adresati

D) Kirish, asosiy qism, xulosa

45. Esse so’zining ma’nosi

A) Insho B) Bayon

C) She’r D) Tajriba

46. Esse to’liq ta’rifi?

A) Insho elementlariga ega matn

B)Obyektiv munosabatlarni, uning to‘liq ochib berilishini talab qilmaydigan muayyan mavzudagi bilimlarni ifodalovchi kichik hajmli insho.

C)Subyektiv munosabatlarni, uning to‘liq ochib berilishini talab qilmaydigan muayyan mavzudagi bilimlarni ifodalovchi erkin kompozitsiyaga ega bo'lgan kichik hajmli insho-mulohazadir.

D)Obyektiv munosabatlarni, uning to‘liq ochib berilishini talab qilmaydigan muayyan mavzudagi bilimlarni ifodalovchi erkin kompozitsiyaga ega bo'lgan kichik hajmli insho-mulohazadir.

47. Tezis nima?

A) Subyektiv fikrlar yig’indisi

B) Obyektiv fikrlar yig’indisi



C)Muallif matnni yaratish jarayonida asoslaydigan, isbotlaydigan yoki rad etadigan asosiy g'oya

D) Muallif matnni yaratish jarayonida asoslaydigan, isbotlaydigan yoki rad etadigan va bu vaqt davomida o’zgarmas asosiy g'oya



Yüklə 21,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin