III BOB. BOZOR MUVOZANATINI TA’MINLASH MODELLARI
Bozor muvozanati tushunchasi va uni oʻrnatilishi
Tovarning maksimal va minimal bahosi.
Muvozanat – bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biron-bir tashqi kuch ta’sir qilmasa, u oʻzining ushbu holatini saqlab qoladi.
Talab va taklif modelida talab chizigʻi bilan taklif chizigʻining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta’minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga koʻra shuni ta’kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida boʻlsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini oʻzgartirishga hech narsa sabab boʻlmaydi.
Muvozanat narx (3.11-rasm) deb, shunday narxga aytiladiki, agar u bozorda taklif qilinadigan ne’mat miqdori ni unga boʻlgan talab miqdori unga boʻlgan talab miqdori ga tenglashtirsa, ya’ni
.
3.1-rasm. Muvozanat narx Pe va muvozanat ishlab chiqarish Qe
3.1-rasmdan koʻrinib turibdiki, bozor muvozanati yagona. Talab va taklif chiziqlari yagona muvozanat nuqtada kesishadi. va nuqtalar, muvozanat nuqta ning koordinatlari hisoblanadi.
Bozordagi talab va taklifning oʻzgarishi, bozor muvozanatini oʻzgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, (talab chizigʻi oʻngga siljiganda) muvozanat narx va muvozanat tovar hajmi oʻsadi. Agar bozor talabi kamaysa (talab chizigʻi chapga siljisa), va lar ham kamayadi. Bozor taklifi oshsa (taklif chizigʻi oʻngga siljisa), muvozanat narx kamayadi, muvozanat tovar hajmi oʻsadi. Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizigʻi chapga siljisa), muvozanat narx oʻsadi, muvozanat tovar hajmi kamayadi (3.12, 3.13-rasmlar).
3.2-rasm. Talab chizigʻining 3.3-rasm.Taklif chizigʻining
Dostları ilə paylaş: |