Iii bob. Bozor muvozanatini ta’minlash modellari


Tovarning maksimal va minimal bahosi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə3/3
tarix16.10.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#65219
1   2   3
3-mavzu

Tovarning maksimal va minimal bahosi. Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan oʻrnatiladi. Narx maksimal deyiladi, agar oʻrnatilgan narx muvozanat narxdan kichik boʻlsa ( - muvozanat narx) va narxni maksimal narx dan yuqori belgilash taqiqlansa. Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlash maqsadida davlat tomonidan oʻrnatiladi.

3.6-rasm.


Talab va taklif nazariyasiga koʻra, maksimal narxning oʻrnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi. Tovar tanqisligini davlat oʻz zaxirasidan mahsulotni bozorga chiqarish yoʻli bilan yechadi, ya’ni oʻz zaxirasidagi miqdorda mahsulot chiqarib talab va taklifni tenglashtiradi.


3.7-rasm. Narx minimal boʻlganda mahsulot ortiqchaligi


Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narx dan yuqori narxda sotishga ruxsat boʻlmasa, taklif miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi (rasmda bu nuqta orqali ifodalangan va bu bozorda tovar norasmiy bozor narxi da sotiladi; muvozanat narxdan ancha yuqori boʻlishi mumkin).


Mahsulotning narxi minimal narx deyiladi, agar minimal narx muvozanat narxdan katta boʻlsa, (Re-muvozanat narx) (2.17-rasm) va narx ni pasaytirish mumkin boʻlmasa.
Bunday minimal narx davlat tomonidan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Minimal narxning oʻrnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda toʻplanib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 3.7-rasmdagi grafikda keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi ga teng. Agar davlat mahsulotni minimal narxdan past narxda sotishga ruxsat bermasa, bu erda ham norasmiy bozor vujudga keladi. Grafikdagi nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat narxdan past narxda ( narxda) sotilishi mumkin boʻlgan vaziyatni koʻrsatadi. Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini oʻzgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.
Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin