Ii bob. Menejmentni tashkil etish



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/18
tarix06.11.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#67584
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2-mavzu



103
II BOB. MENEJMENTNI TASHKIL ETISH 
 
2.1. Tashkil etish nazariyasi va menejmentda tashkiliy munosabatlar 
Tashkil etish nazariyasi boshqaruv tо‘g‘risidagi fanning yetakchi olimlari 
guruhi tomonidan yaratilgan. Boshqaruv funksiyasi sifatida tashkil etishning asosiy 
xususiyati va mohiyati - unsurlarni (insonlar, narsalar, g‘oyalarni) yaxlit tizimga 
birlashtirishdn iborat. «Tashkil etish - deb yozgan edi P.M.Kerjensev, - insonlarni 
muayyan ishni bajarish uchun birlashtirishni anglatadi. Birlashtirishning о‘zini biz 
«tashkil etish» deb atashimiz mumkin. Ishlab chiqarishga nisbatan tashkil etish 
«barcha ishlab chiqarish unsurlari - ishchi kuchi, mehnat qurollari va buyumlarini 
vaqtga kо‘ra va makonda oqilona uyg‘unlashtirishga yо‘naltirilgan chora-tadbirlar 
tizimi» sifatida tushuniladi. 
«Tashkil etish» tushunchasining yuqorida keltirilgan ta’riflari, uning ayrim 
muhim qismlari va funksional maqsadini ajratgan holda, ayni paytda 
birlashtirilayotgan qismlarning tizimli yaxlitligiga erishish mexanizmlari haqida 
tо‘liq tasavvurga ega bо‘lish imkonini bermaydi. P.M.Kerjensev tashkil etishda 
yettita asosiy qismni ajratadi: tashkil etishning maqsadi, turlari, usullari, insonlar, 
moddiy vositalar, vaqt, ishni nazorat qilish va hisobga olish. 
Yuqorida aytilganlar “tashkil etish” tushunchasining asosiy qismlari haqida 
xulosa qilish imkonini beradi. Bu - muayyan vazifalar yoki kichik maqsadlarga 
ajratilgan maqsad; zarur tarkibiy qismlarni yaxlit tizimga birlashtirish 
mexanizmlari; ishlab chiqilgan va bu uchun belgilangan tartib, izchillik, 
davomiylik, muddatlar, makon koordinatalari, harakatlar sohasi yoki chegaralari, 
usullar, butun bо‘laklarining zarur harakatlarini va birgalikdagi harakatlarini 
amalga oshirish uchun resursga bо‘lgan ehtiyoj. 
«Tashkil etish» tushunchasiga uning yuqorida sanab о‘tilgan qismlarning 
kiritilishi uni ancha keng ma’noda ifodalash imkonini beradi. Tashkil etish
muayyan sharoitda ma’lum muddatlarda oldinga qо‘yilgan maqsadlarga yetish, 
buning uchun maxsus tatangan usullar va belgilangan vositalar yordamida 
resurslarni eng kam sarflagan holda erishish uchun tizim sifatida butun 


104
bо‘laklarining maqsadli, о‘zaro bо‘ysungan hamda vaktga kо‘ra va makonda 
muvofiqlashtirilgan о‘zaro hamkorligi izchilligini belgilash jarayonidir. 
«Tashkil etish» tushunchasi, odatda, insonlar faoliyatining ikkita о‘zaro 
bog‘liq tomoniga nisbatan. ya’ni ishlab chiqarish faoliyatining mazmuniga va uni 
boshqarishga nisbatan yoki, ikkinchi tomondan, uning boshqariladigan va 
boshqaruvchi kichik tizimlariga nisbatan qо‘llaniladi. Bunda farq shundan iboratki, 
ishlab chiqarish faoliyatining mazmunini kо‘rib chiqishda vositalar deganda 
mehnat buyumlargs, qurollari va ijrochilar, boshqaruvda esa vositapar deganda
mazkur sohada yuz;aga kelgan terminologiyaga kо‘ra - axborot, orgtexnika, 
hisoblash texnikasi va boshqaruv personali gushuniladi. 
«Tashkil etish» tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar mavjud bо‘lishining 
uchta davriy holati - shakllanish, faoliyat kо‘rsatish va rivojlanishga nisbatan ham 
qо‘llaniladi. Boshqa sо‘z bilan aytganda, hayot faoliyatini tashkil etish, uni 
belgilangan darajada saqlab turish va progressiv о‘zgartirish bilan bog‘liq. 
Muayyan tizim deganda nima tushunilishiga qarab, tashkil etishning mohiyatini 
belgilab beruvchi xususiyatlar saqlanib qolingan holda, uning funksional roli 
о‘zgaradi. 
Boshqaruv nazariyasida “tashkiliy munosabat” tushunchasiga alohida о‘rin 
berilgan, chunki aynan u tizimlarning yaxlitligini ta’minlaydi. Falsafiy 
adabiyotlarda munosabat “muayyan tizim qismlarining о‘zaro bog‘liqligi” sifatida 
tushuniladi. Undan farqli о‘laroq, «aloqa - makonda va (yoki) vaqtga kо‘ra 
bо‘lingan hodisalar mavjud bо‘lishining о‘zaro bog‘liqligi». Munosabat - 
aloqaning sifat jihatdan boshqa turi. Aloqa о‘zaro ta’sirdan dalolat beradi.
Mashhur faylasuf B.I.Sviderskiy, ushbu tushunchalarga nisbatan kо‘p sonli 
qarashlarni umumlashtirgan holda, munosabatlarning tushuncha sifatidagi о‘ta 
muhim xususiyatini ta’kidlaydi: «Munosabat obyektlarning xususan ushbu 
jarayonlar asosida emas, balki yanada umumiy jarayonlar, xususiyatlar, aloqalar va 
munosabatlar asosida yuzaga keladigan bilvosita bog‘liqligi yoki о‘zaro 
bog‘liqligidan darak beradi». Insonlar о‘rtasidagi birgalikdagi faoliyat jarayonida 


105
yuzaga keladigan munosabatlar uchun ushbu о‘zaro bog‘liqlikning asosi sifatida 
mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi ishtirok etadi. 
Munosabat mohiyatining asosiy qismi - bu uning tarkibiy kismlari (insonlar) 
о‘rtasidagi bog‘liqlik va ushbu bog‘liqlikning muayyan obyektiv asosi 
mavjudligidir. 
Tashkiliy munosabatning tarkibiy qismlarini aniqlash ushbu tushunchaning 
mazmunini ochib berishning eng muhim metodologik qoidasi hisoblanadi. Har 
qanday ijtimoiy munosabat, birinchi navbatda, taraflarning nisbati, bunda taraflar 
sifatida turli subyektlar, xususan alohida ijrochilar yoki boshqaruv organlari 
ishtirok etadi. Jamiyatning iqtisodiy tizimida boshqaruv subyektlari turli toifadagi 
boshqaruv xodimlari va boshqaruv organlari bilan namoyon etilgan. 
Subyektlar о‘rtasidagi bog‘liqlik “tashkiliy munosabat” tushunchasi 
mazmunining asosiy qismi hisoblanadi, u subyektlarni yagona maqsadni amalga 
oshirish va dinamik uyg‘unlashtirilgan о‘zaro hamkorlikni ta’minlash uchun 
birlashtirish vositasi bо‘lib xizmat qiladi. Mazkur bog‘liqlik turli usullar bilan 
amalga oshirilishi mumkin, boshqacha aytganda, tashkiliy munosabat о‘zaro 
hamkorlik qiluvchi subyektlarning birligini ta’minlash mexanizmi, usullarning 
muayyan yig‘indisi yordamida shakllanadi. 
Xо‘jalik yuritishning bozor, iqtisodiy usuliga о‘tish birgalikdagi faoliyat 
subyektlarining real iqtisodiy manfaatlarini hisobga olish asosida ular о‘zaro 
hamkorligining uyg‘unligini ta’minlash imkonini beradi. Shuning uchun tashkiliy 
munosabatlar subyektlari bog‘liqligining ikkinchi turi asos sifatida iqtisodiy 
mazmunga ega bо‘lib, turli xildagi iqtisodiy usullar yordamida amalga oshiriladi. 
Biroq, birgalikdagi faoliyat natijalari uchun taraflarning iqtisodiy javobgarligi 
ularning uyg‘unlashgan tarzda maqsadli ishlashining kafolati bо‘lib xizmat qila 
olmaydi. Shuning uchun ijtimoiy tizim mustaqil ishlovchi bо‘g‘inlarining 
yagonaligini samarali ta’minlovchi mexanizm, birinchi navbatda, demokratik 
asosda yaratilishi, birgalikdagi faoliyat ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini 
va ahloqiy-ruhiy jihatlarini hisobga olishi, ya’ni kompleks bо‘lishi lozim. 


106
Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi. 
Kо‘pchilik kishilar о‘zlarining butun ongli hayotlari davomida о‘zlari a’zosi 
bо‘lgan yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan 
bog‘langandirlar. 
Ammo tashkilotning о‘zi nima va ushbu tashkilot uchun qaysi umumiy 
alomatlar xosdir? 
Tashkilotni vazifalarni hal qilish va ma’lum maqsadlarga erishish uchun 
birlishgan shaxslar guruhi sifatida belgilash mumkin. 
Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga 
javob berishi kerak: 
- juda bо‘lmaganda, о‘zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan 
ikkita shaxsni mavjud bо‘lishi; 
- juda bо‘lmaganda guruhning barcha a’zolari о‘zlari uchun umumiy deb 
qabul qilingan bitta maqsadni mavjud bо‘lishi; 
- maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh 
a’zolarini mavjud bо‘lishi. 
Alohidagi, hususiy jihatlardan abstraktlashtirilgan holda aytish mumkinki, 
har qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari unga kiruvchi odamlar, u 
amalga oshirishi uchun tashkil qilingan va mavjud bо‘lgan maqsadlar va tashkilot 
salohiyatini shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi boshqaruvdan iboratdir. 
Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir 
ochiq tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni 
oladi, chiqishga yaratilgan mahsulotni beradi. Shuning uchun har qanday tashkilot 
uchta jarayonni amalga oshiradi: 
- tashqi muhitdan resurslarni olish; 
- mahsulotni ishlab chiqarish; 
- uni tashqi muhitga topshirish. 
Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga, 
tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular о‘rtasidagi ma’lum muvozanatni 
ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir. 


107
Tashkilotni boshqarish asosan u amalga oshirishga qaratilgan belgilanish 
bilan belgilanadi. Ichki tashkiliy hayotda boshqaruv tashkilot resurslarini u о‘z 
maqsadlariga erishishi uchun shakllantiruvchi va hara- katga keltiruvchi
muvofiqlashtiruvchi boshlanish rolini о‘ynaydi. Boshqaruv tashkilotning ichki 
muhitini va hammadan avval uning tuzilishini shakllantiradi va, kerak bо‘lganda, 
uni о‘zgartiradi. Boshqaruv tashkilotda о‘tayotgan vazifaviy jarayonlarga 
rahbarlikni amalga oshiradi. 
Gap shundaki, har qanday tashkilotning faoliyati kо‘p sonli har xil 
jarayonlar 
va 
jarayonchalardan 
tashkil 
topadi. 
Bunda 
jarayonlar 
va 
jarayonchalarning har bir guruhiga rahbarlikni umuman tashkilotni boshqarish 
bо‘yicha ishning alohida turi sifatida kо‘rib chiqish mumkin. Bu ishning nisbatan 
mustaqil uchastkalari bо‘lib, ular boshqaruvdagi mehnat taqsimotida obyektiv 
xarakterga ega bо‘lgan jarayon sifatida ajralib turadilar. 
XX asr menejmenti sohasidagi yirik mutaxassislardan biri CH.Bernardning 
fikriga kо‘ra, odamlarni tashkilotlarga birlashish va ular doirasida о‘zaro 
hamkorlik qilishga har bir kishiga alohida holda xos bо‘lgan jismoniy va biologik 
cheklanishlar undaydi. Tashkilotda odamlar bir birlarini tо‘ldiradilar, о‘z 
qobiliyatlarning vujudga keltiradilar, bu ularni yashab qolish uchun kurashda 
kuchli kiladi. Eng soddasi, chamasi, ibtidoiy tо‘da bо‘lgan, tashkilot
birlashmasdan odamzotni yashab qolishi va sivilizatsiyani yaratishi mumkin 
bо‘lmagan. 
Tashkilotni faoliyat yuritishning asosida quyidagilardan tashkil topgan 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin