Ii bob. Menejmentni tashkil etish


-rasm. Tashkilotning yashash davri



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix06.11.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#67584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2-mavzu

2.1-rasm. Tashkilotning yashash davri 
Birinchi bosqich – tashkilotni tashkil qilinishi, uni vujudga kelishi. Bunda 
asosiy vazifalar – bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun kо‘proq foyda 
olishdir. 
Ikkinchi bosqich – tashkilotning о‘sishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi – 
qisqa muddatli foyda va jadal о‘sish. Asosiy vazifa – bozorning bir qismini qamrab 
olish. 
Uchinchi bosqich – tashkilotning balog‘ati. Bunda asosiy maqsad barcha 
yо‘nalishlar bо‘yicha samaradorlikni oshishidan iborat bо‘ladi. Eng muhim vazifa
- korxonaning obrо‘sini oshirish. Bu korxonaning tuzilishiga davriy ravishda
о‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi. 
Tо‘rtinchi bosqich - tanazzul, tashkilotni qarishi. Raqobat, bozorni 
qisqarishi natijasida tashkilot о‘z mahsulotiga talabni kamayishiga duch keladi. 
Tashkilotning asosiy maqsadi mavjud о‘rinlari saqlab qolish hisobiga barqarorlikni 
ta’minlashdan iboratdir. 
Tashkilot hayotining yana bir pallasini ajratish mumkin. Tashkilotdagi 
ishlarning holati va menejmentning hulqiga kо‘ra quyidagi variantlar bо‘lishi
mumkin; tashkilotning qaytadan tiklanishi yoki uni tugatilishi. Kо‘pgina hollarda 
tashkilotni boshqarishning asosiy maqsadi uni qaytadan tiklashdan iborat bо‘ladi. 
Bunda tashkilot faoliyatini о‘zgartirish, uni qayta tashkil qilish va innovatsiyalarni 
tadbiq etish asosiy vazifa bо‘ladi. 
Bozor tomonidan о‘zini о‘zi boshqarish bozor xо‘jaligi subyektlarining 
mehnat jamoalarini tashkil qiluvchi mulk egalari, tadbirkorlar, menejerlar, 


111
yollanma xodimlarga yangicha ijtimoiy stratifikatsiyalanishi (bо‘linishi)ni, va 
shunga kо‘ra, mulk egasini о‘zini о‘zi boshqarishi, tadbirkorni о‘zini о‘zi 
boshqarishi, menejerning kasbiy boshqaruvi va mehnat jamoasi a’zolarining о‘zini 
о‘zi boshqarishini kuzda tutadi. Bozor iqtisodiyoti subyektlari о‘rtasida vujudga 
keladigan boshqaruv vazifalarini taqsimlanishi kо‘pgina omillarga bog‘liqdir. 
Hammadan avval har bir subyektning imkoniyatli (xos bо‘lgan) vazifalarini 
ajratish kerak. Masalan, mulk egasi uchun bu - egalik qilish, foydalanish, 
boshqarish vazifasidir. Mulk egasining dastlabki boshkaruv munosabati bо‘lgan
о‘zini о‘zi boshqarishiga kо‘ra uning mulki vazifa sifatida bо‘ladi, uni u tо‘liq 
hajmda yoki qisman bajarishi mumkin. 
Tadbirkor, bozor iqtisodiyotining mustaqil subyekti sifatida sarmoya-mulkni
sarmoya-vazifadan ajralishi natijasida paydo bо‘lgan, buning oqibatida mulk egasi 
va tadbirkorlar bir birlariga nisbatan avtonom bо‘lib qolganlar (mulk egasi-
tadbirkor, tadbirkor esa mulk egasi bо‘lolmasligi mumkin). Tadbirkor, bozor 
iqtisodiyotining asosiy arbobi sifatida, о‘z nomidan, о‘zining tavakalchiligi va 
javobgarligi ostida foyda olish uchun bozorni tovarlar va xizmatlar bilan 
tо‘ldirishga qaratilgan tashabbusli faoliyatni tashkil qiladi. 
Menejment va uning subyekti- menejerni har tomonlama ta’riflash mumkin. 
Birinchidan, menejmentni, tashkilot davlatniki bо‘lsa ham, davlatga emas, balki 
tadbirkorlik tuzulmasi (tashkilot)ga tegishli ekanligini tasdiqlash zarur. 
Ikkinchidan, menejmentning, turli- tuman bilimlarni talab qiluvchi, kasbiy 
yо‘lantirilganligi ajratiladi. Uchinchidan, menejment boshqaruv tamoyillari, 
vazifalari, usullari va shakllarining yig‘indisi sifatida bо‘ladi. Menejer tashkilot 
faoliyatining samaradorligi uchun javob beradi va buning uchun tegishli daromad 
oladi.
Mehnat jamoasining boshqaruv faoliyati sohasi hammadan avval mehnat 
munosabatlari va ishning sifatini qarab oladi. Xodimlar tomonidan bajariladigan 
boshqaruv vazifalarining doirasi ularning rivojlanganligi darajasi, ijtimoiy 
sherikligi, malakasi , shaxsiy sifatlari va boshqa ominlarga bog‘liqdir. 


112
Shuni ta’kidlash keraki, mulk egasi-tadbirkorni о‘zini о‘zi boshqarishi, 
menejerni kasbiy boshqaruvi va mehnat jamoasini о‘zini о‘zi boshqarish 
о‘rtasidagi chegaralar shartli va harakatchandirlar. Tadbirkor, menejer, xodimlar 
tashkilotning aksiyasi yoki payi (ulush)ni xarid qilib, uning birgalikdagi egasi 
bо‘ladilar. Bunda mulk egasi, tadbirkor, menejer, mehnat jamoasi a’zosi 
vazifalarini ma’lum darajada bunday birlashishida ularni bir vaqtdagi 
chegaralanishlari birmuncha samaraliroq bо‘ladi.
Tashkilotning bevosita va kundalik boshqaruvida menejerlar va, ayniqsa, 
ularning yuqori darajasi muhim rol о‘ynaydi. Bunda mulk egasining о‘zini о‘zi 
boshqarishi daslabki boshqaruv munosabati bо‘ladi. 
Umumiy kо‘rinishda tashkiliy aloqalar va munosabatlarning iqtisodiyotni 
boshqarishdagi о‘rni shu bilan belgilanadiki, ushbu munosabatlar va aloqalar 
boshqaruvning asosiy qismlari hisoblanadi. 
Boshqaruv tizimining yagonaligiga vertikal va gorizontal boshqaruv 
tashkiliy aloqalari va munosabatlarining о‘zaro hamkorligi orqali erishiladi: 
vertikal tashkiliy aloqalar yuqori turuvchi va quyi turuvchi boshqaruv organlari, 
rahbarlar va qо‘l ostidagilar о‘rtasida о‘rnatilib, subyektlardan birining 
hukumronlik vakolatlariga asoslangan; gorizontal tashkiliy aloqalar esa teng 
huquqli subyektlar о‘rtasida shartnoma asosida о‘zaro hamkorlikning uyg‘unligini 
ta’minlash mexanizmi sifatida iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy usullardan foydalangan 
holda shakllanadi. Uzoq muddatli о‘zaro hamkorlikka nisbatan tashkil etish 
tamoyillarini ifodalovchi shartnoma majburiyatlari iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy 
mexanizmlarning ta’sirini kuchaytirib, ma’lum muddatga va faoliyatning muayyan 
sohalarida ijtimoiy tizim kooperatsiyalashuvchi bо‘g‘inlarining belgilanayotgan 
iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun uyg‘unlashtirilgan о‘zaro 
hamkorligi kafolati bо‘lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiyotni 
boshqarishning 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi faoliyat 
kо‘rsatishi sharoitida hukumronlik xususiyatiga ega bо‘lgan, ya’ni vertikal 
munosabatlar ustunlik qildi. Boshqaruvning iqtisodiy usullariga о‘tish gorizontal - 
ixtiyoriy, teng huquqli, sheriklik munosabatlari amal qilishi sohasining sezilarli 


113
darajada kengayishi bilan bog‘liq. Bunda ularning ustunligi iqtisodiy usullar 
rolining oshganligi bilan emas, balki iqtisodiy rivojlanish jarayonining obyektiv 
tarzda о‘zaro bog‘langan ishtirokchilarini gorizontal bо‘yicha birlashtirish, takror 
ishlab chiqarish barcha bosqichlarining monand ishlashini tashkiliy jihatdan 
ta’minlash zarurligi bilan shartlangan. 
Boshqaruvni tashkil etishda yakkaboshchilik tamoyili muhim о‘rin tutadi, 
ya’ni rahbarlar bilan qо‘l ostidagilar о‘rtasidagi munosabatlar ushbu tamoyil 
asosida belgilanadi. Kо‘proq gorizontal aloqalardan foydalanish yо‘lini tutish 
subyektlar tomonidan hukumronlik vakolatlari qо‘llanishi zarurligini chetga surib 
qо‘ymaydi. 
Tashkiliy munosabatlarning nafaqat “tashkil etishni” boshqarish funksiyasi 
bilan, balki barcha qolgan funksiyalar bilan ham о‘zaro bog‘liqligi dialektikasi 
juda murakkab. Ushbu bog‘liqlikning о‘ziga xos xususiyati, birinchi galda, 
tashkiliy munosabatlar subyektlari boshqaruvning barcha funksiyalarini amalga 
oshirishida namoyon bо‘ladi. Boshqaruv ishlarining maxsus turlari ularni 
bajarishning shunday tashkil etilishini nazarda tutadiki, bunda mazkur 
funksiyalarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari va usullari ishlab chiqiladi. 
Lekin ushbu shakllar va usullarni boshqaruv tizimlarining subyektlari о‘rtasidagi 
uzoq muddatli, barqaror bog‘liqliklar kabi tashkiliy munosabatlar bilan bir xil deb 
hisoblab bо‘lmaydi. Bunda, boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishning tashkiliy 
shakllari va usullari tashkilotda о‘rnatilgan aloqalar va munosabatlarga zid bо‘lishi 
mumkin. Yuzaga kelgan ziddiyatlarni bartaraf etishda ular о‘zgartiriladi. 
Tashkiliy va iqtisodiy munosabatlarning о‘zaro bog‘liqligi kо‘p qirrali. 
Birinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, tashkiliy va iqtisodiy munosabatlar 
tashkiliy 
munosabatlar 
subyektlarining 
о‘zaro bog‘liqligini ta’minlash 
mexanizmining asosiy qismlaridan biri rolida ishtirok etishi mumkin. Ikkinchidan, 
ular individlar, guruhlar, jamoalar, jamiyatning iqtisodiy manfaatlarini, demak, 
ushbu manfaatlarni qondirishga yо‘naltirilgan iqtisodiy natijalarni amalga oshirish 
vositasi hisoblanadi. Tashkiliy munosabatlar, aynan mazkur belgilar bо‘yicha 
tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar turiga kiradi. 


114
Tashkiliy munosabatlar va aloqalar iqtisodiy obyektlarni va ijtimoiy 
tizimlarni boshqarish tashkiliy tuzilmalarining asosiy qismlari hisoblanadi, chunki 
ularning ishtirokchilarini birlashtiradi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin