Ii bob. Menejmentni tashkil etish



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/18
tarix06.11.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#67584
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
2-mavzu

Yakkaboshchilik asosida egalik qilish xо‘jalik yuritish shakli sifatida yuridik 
shaxsni tashkil etmagan holda, xususiy korxona kо‘rinishida amalga oshirilishi 
mumkin (yakka tartibdagi mehnat faoliyati). Bunday biznes mulkdorlari uning 
rahbarlari hisoblanib, barcha daromadni о‘zlariga oladilar hamda biznes bilan 
shug‘ullanish harajatlari va tavakkalchiligini о‘z zimmalariga olishadi. Xususiy 
tadbirkorlar faoliyatining eng keng tarqalgan sohalariga quyidagilar kiradi: savdo, 
umumiy ovqatlanish, tibbiyot, maishiy xizmatlar, maishiy texnikani ta’mirlash, 
maslahat xizmatlari va h.k. Biznesning ushbu shakli bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
mamlakatlarda ham, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ham keng 
tarqalgan. Kichik biznesning asosiy ustunligi - uning ixchamligi va tezkorligi, kam 
kapital talab qilishi va aholi uchun (tashkil etish nuqtai nazaridan) qulayligi. 
Xо‘jalik shirkati - yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyatining turli 
sohalaridagi ixtiyoriy asoslarda rasmiylashtirilgan hamkorligi. Shirkat ikki yoki bir 
necha tijorat maqsadlarini hal etish uchun say-harakatlarni kooperatsiyalash 
zarurligi natijasida yuzaga keladi, u shirkatga kiruvchi shaxslardan har birining 
shaxsan ishtirokiga asoslangan. Shirkatning ustavi unga kiruvchi a’zolarning 
mulkiy javobgarligi darajasini belgilab beradi. 
Mulkchilik shakllari bо‘yicha tashkilotlar odatda xususiy, davlat, oilaviy va 
h.k. bо‘linadilar. 
Foydaga munosabat bо‘yicha korxonalar tijorat va notijoratlarga 
bо‘linadilar. Birinchilar о‘z faoliyatlarining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni 
mо‘ljallaydilar, ikkinchilari foyda olish yoki olingan foydani ishtirokchilar 
о‘rtasida taqsimlashga harakat qilmaydilar, ammo tadbirkorlik faoliyatini, agar


124
ularni tashkil qilish maqsadlariga erishishiga xizmat qilsa, va ushbu maqsadga mos 
kelsa, amalga oshirishlari mumkin. 
Ishlab chiqarishning har xil sektorlarida ishtirok etish bо‘yicha tashkilotlar 
tо‘rtta turga bо‘linadilar, ularning har biriga texnologik davrdagi о‘zining о‘rni 
bо‘yicha bir turdagi bо‘lgan bir necha sohalar kiradi: 
- xom ashyoni olish bilan shug‘ullanuvchi birlamchi davra sohalari о‘z 
ichiga qishloq va о‘rmon xо‘jaligi, kо‘mir sanoati va h.k.oladi; 
- ikkilamchi davra sohalari tarkibiga qayta ishlovchi sanoat, masalan, 
mashinasozlik, matallni qayta ishlash, avtomobilsozlik va h.k.korxonalari va 
tashkilotlari kiradi; 
- uchlamchi davra sohalari korxonalari va tashkilotlariga birinchi va ikkinchi 
sektor sohalari normal faoliyat yuritishlari uchun zurur xizmatlarni kо‘rsatuvchilar 
kiradilar. Bular banklar, sug‘urta kompaniyalari, ta’lim muassasalari, turistik 
vakilliklar,chakana savdo va boshqalardir. 
- inson faoliyatining ilg‘or va tez rivojlanayotgan sohasi axborot 
texnologiyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va institutlar bu turtinchi davra 
sohasidir.Bu sektor nisbatan yaqinda shakllangan, ammo uning ahamiyati va 
salohiyati butun dunyoda katta va murakkab tizimlarni boshqarishda 
axborotlarning roli о‘sgani kabi, tez о‘smokda. 
Tijorat va notijorat tashkilotlar faoliyatini amalga oshirilishi uchun tashkiliy 
huquqiy shakllar kuyidagilar: unitar korxonalar, xо‘jalik jamiyatlari va 
о‘rtoqliklar, matlubot kooperativlari, fondlar va boshqalar. 
Faoliyat turlari bо‘yicha. Faoliyat turi mahsulotlar (tovarlar va 
xizmatlar)ning bir turdagi majmuasini olinishiga olib keluvchi jarayon sifatida 
belgilanadi. 
Faoliyatning 
bir 
turi 
bitta 
oddiy 
jarayondan 
(masalan, 
tо‘qimachilikdan) tashkil topishi yoki butun bir qator jarayonlarni qamrab olishi 
(avtomobillarni ishlab chiqarish) mumkin. 
Xо‘jalik yuritish subyektlarini faoliyat turlariga ajratishda kuyidagi farqlar 
kо‘zga tashlanadi: 


125
- asosiy faoliyat - bu qо‘shimcha qiymatni tashkil qilishda katta ulush
qо‘shuvchi faoliyatdir.Amalda mahsulotning alohida turlari bо‘yicha bunday
ma’lumotlarni olishning iloji yо‘q. Shuning uchun faoliyatning asosiy turini 
faoliyatning ushbu turi bilan bog‘liq tovarlar va xizmatlarga tо‘g‘ri keluvchi yalpi 
ishlab chiqarishning ustivor ulushi bilan belgilash tavsiya etiladi. Bunday 
hisoblashning murakkabligida faoliyatning asosiy turi faoliyatning tegishli turi 
bilan band bо‘lgan xodimlarning xodimlar umumiy sonidagi ulushini hisoblashdan 
aniqlanishi mumkin. Bunda asosiy faoliyatga umumiy qо‘shimcha qiymat yoki 
band bо‘lganlar sonining 50 yoki undan ortiq foizi tо‘g‘ri kelishi shart emas, ammo 
bu faoliyat ustivor bо‘lishi kerak; 
- kо‘makchi faoliyat - unga faoliyatning boshqa sohalar mahsulotlari ishlab 
chiqariladigan ayrim turlari kirtiladi. Kо‘makchi faoliyat iqtisodiy faoliyat turlari 
umumdavlat klassifikatorining tegishli guruhlarida hisobga olinadi. Faoliyatning 
asosiy va kо‘makchi turlari mahsulotlari bozorda sotish yoki foydalanishning 
boshqa turlari uchun mо‘ljallanganlar. 
- yordamchi faoliyat - bu obyekt faoliyatining asosiy turlarini qо‘llab 
quvvatlash uchun amalga oshiriladigan faoliyatdir.U asosiy va ikkilamchi dan 
ajratilmaydi- u asosiy ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatuvchi faoliyat (tashish, 
saqlash, xarid qilish, boshqaruv ta’minot, marketing, ta’mirlash va sozlash ishlari 
va h.k.). Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tarkibiy bо‘linmalarning yordamchi 
faoliyati uning asosiy faoliyati bо‘yicha hisobga olinadi. 
Tashkilotlar о‘lchamlari bо‘yicha yirik, о‘rtacha va kichik guruhlarga 
ajratilishi mumkin. Bunday bо‘linishning tasniflovchi alomatlari sifatida kо‘proq 
tahlil 
qilish 
uchun 
olinishi 
osonrok 
bо‘lgan band bо‘lganlar soni. 
sotishlar(oborot)ning hajmi, aktivlarning balans qiymati kabi mezonlardan 
foydalaniladi. Ammo ulardan hech biri tashkilotni u yoki bu guruhiga kiritish 
uchun yetarlicha dalilli asoslar bо‘lmagani sababli, amalda kо‘pincha 
mezonlarning kombinatsiyasidan foydalaniladi. 
Bizning mamlakatimizda О‘zbekiston Respublikasining “О‘zbekiston 
Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish haqidagi” 


126
qonunga kо‘ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga quyidagi 
shartlarga mos keluvchi kooperativlar, tijorat tashkilotlari, yakka tadbirkorlar va 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi dehqon (fermer) xо‘jaliklari kiradilar: 
yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy 
shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi. Yakka tartibdagi 
tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xodimlar yollash huquqisiz, 
mulk huquqi asosida о‘ziga tegishli bо‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-
mulkka egalik qilish va undan foydalanishga yо‘l qо‘yadigan о‘zga ashyoviy 
huquq tufayli о‘ziga tegishli bо‘lgan mol-mulk huquqi negizida mustaqil ravishda 
amalga oshiriladi; 
kichik korxonalar – mustaqil xо‘jalik faoliyatini olib boruvchi о‘z balansiga 
ega bо‘lgan, soliqlar va boshqa tо‘lovlarni tо‘lagandan sо‘ng foydasini о‘zi 
taqsimlaydigan korxona;
mikrofirma – kichik biznes korxonasining bir turi. Mamlakatimizda sanoat 
ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat kо‘rsatish sohasida 10 
kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi 
korxonalar mikrofirma hisoblanadi. 
Faoliyatning kо‘lamlari bо‘yicha tashkilotlar transmilliy, milliy, viloyat, 
mahalliy, shahar, tuman va boshqalarga bо‘linadilar. 
Tashkilotlarni tashqi va ichki muhit omillariga moslashishlariga kо‘ra ikki 
turdagi mexanistik va organik tashkilotlarga ajratish mumkin. 
Ushbu turlardan har biri ma’lum afzalliklarga ega. Shunga kо‘ra, ushbu 
turlardan har biriga atrof muhitning xarakteri noaniqlikning darajasiga muvofiq 
ma’lum afzallik berishi mumkin. Agar atrof-muhitning dinamik, noaniqlik darajasi 
yuqori bо‘lsa tashkilotlarning organik turi samaraliroq bо‘ladi. Agarda atrof-muhit 
barqarorligi va noaniqligi past darajada bо‘lsa, afzallikni tashkilotlarning 
mexanistik turiga berish mumkin. 
Tashkilotlar aniq tashkiliy–huquqiy sherikliklarining ba’zi bir xususiyatlari, 
ularni tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi quydagilardan iboratdir. 


127

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin