Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va ishlangan bo`lishi bilan xarakterlanadi. Oddiy so`zlashuv uslubida esa betakalluflik bilan erkin muomala – aloqa qilish xarakterli xususiyatdir. So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi.
Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi.
Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.
Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:
9) fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi;
10) ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta so`zning tushib qolishi); 11) turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi; 12) otlarni, asosan, birlikda ishlatish; 13) matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish; 14) maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z birikmalarining qo`llanishi.
Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi.
Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
1) badiiy tasvir vositalar bo`lmaydi;
2) uslub leksikasi kitobiy va xolis so`zlardan iborat bo`ladi:
uslubda professional terminologiya mavjud bo`ladi;
3) eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan ishlatiladi;
4) quyidagi Grammatik xususiyatlar mavjud bo`ladi;
a) tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h.
b) noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan almashtirilmaydi;
5) hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari birinchi shaxs tilidan bo`ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati) ham birinchi shaxs, birlik sonida shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko`plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi. 6) hujjatlar matnida turg`unlashgan, qoliplashgan so`z birikmalaridan ko`proq foydalaniladi. 7) hujjatning axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo`lishi shart. 8) hujjat matnida abzatslar tizimiga qat’iy rioya etiladi. 9) hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo`l qo`yilmaydi.
Publitsistik uslub
Publitsistika (lot publika xalq,omma) davrning eng muhim dolzarb masalalarini tinglovchilarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali sodir bo’layotgan voqealarni yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Bu uslubning eng muhim xususiyati- nutqning jamiyatga qaratilganligi.
Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi.
Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti. Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va og`zaki ko`rinishlariga ega.
Badiiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.
Badiiy uslubning kommunikativ vazifasi: Ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berish. Badiiy uslubning eksprissiv vazifasi: O’quvchilarga ta’sir qilish. Badiiy uslub uchun obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga boylik xosdir. Badiiy uslub amaliy hayotnng barcha tomonlarini qamrab oladi.