42
Energiyaning quyidagi turlari mavjud: mexanik, elektr, elektromagnit,
issiqlik, kimyoviy, atom (yadro ichki).
Xalqaro birlik tizimi
(SI)
da energiyani o‘lchash birligi sifatida 1 Joul
(J) qabul qilingan. 1 J=1nyuton metrga (Nm) ekvivalentdir. Agarda hisob-
kitoblar issiqlik, biologik va energiyaning ko‘pchilik
boshqa turlari bilan
bog‘liq bo‘lsa, u holda o‘lchov birligi sifatida sistemadan tashqari birlik
qo‘llaniladi - kaloriya (kal), 1 kal=4.18 J. Elektr energiya Vatt∙soat (Vt*s,
kVt*s, MVt*s.) da o‘lchanadi; 1 Vt*s=3.6 MDj.
Mexanik energiyani
o‘lchashda 1kg*m qiymatdan foydalaniladi, 1kg*m=9.8 Dj.
1.9. Elektr stantsiyalarning asosiy turlari va ularning tavsiflari
Birlamchi energiyani ikkilamchiga o‘zgartirish, xususan elektrga
aylantirish o‘z nomida qaysi birlamchi energiya
turi qanday ikkilamchi
turga o‘zgartirilishini ko‘rsatadigan stantsiyalarda amalga oshiriladi.
IES-issiqlik elektr stantsiya,
issiqlik energiyasini
elektr energiyaga
o‘zgartiradi.
Dostları ilə paylaş: