Reja: Muqobil energiya turlari



Yüklə 16,69 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü16,69 Kb.
#206310
  1   2   3   4
Mavzu Muqobil energiya turlari Reja Muqobil energiya turlari. -fayllar.org


Mavzu: Muqobil energiya turlari Reja: Muqobil energiya turlari. O`zbekistonda energiya muammolari

Mavzu:Muqobil energiya turlari
Reja:

  • Muqobil energiya turlari.
    2. O`zbekistonda energiya muammolari.
    3. Muqobil energiya barqaror rivojlanish manbai.


Dunyo aholisining yildan yilga ko`payishi hisobiga, elektr energiyasi bilan bevosita foydalanuvchilar (aholi, firma, minizavod, zavod, fabrika, kompaniyalar) soni ortayotganligi tufayli hozirda butun dunyoda elektr energiyasi tanqisligi vujudga kelmoqda. Shuning uchun ham elektr energiyani tejash maqsadida noananaviy energiya manbalari bilan butun dunyo olimlari shug`ullanmoqdalar. Hozirgi kunda xalq xo`jaligi uchun ishlab chiqarilayotgan energiya turlarining asosiy qismini neft maxsulotlari, tabiiy gaz, toshko`mir, slanets kabi o`rniga yangidan bino bo`lmaydigan, zaxrasi cheklangai, tabiiy boyliklarni iste’moli xisobiga xosil bo`luchi energiya tashkil etishi ko`pchilikka ma’lum Ayniqsa, bunday tabiiy boyliklarni sarfi bizni mamlakatimizda katta miqdorni tashkil etadi.
Agar bashariyat nelajakda xali qo`llanilishi odat bo`lmagan energiya turlaridan: quyosh, shamol, dengiz va okeanlar yer osti issiqligi kabi energiya manbaalaridan unumli va arzon foydalanishning yangi usullarini kashf qilinmas ekan energetik inqiroz yuz berishi muqarrar.
Shunday ekan tabiiy yoqilg`ilarni iloji boricha tejash, ayrim soxalarda ulardan foydalaiib ishlovchi mexanizm va . energetik iste’molini boshka turdagi noananaviy ya’ni xali ishlatilishi odat tusiga kirmagan energiya manbaalari xisobiga ta’minlash shu kunning asosiy vazifalaridan biridir.
Energiya sayyoramizdagi barcha mavjudotlar va o`simliklarning hayotiy ehtiyoji hisoblanib, u ishlab chiqarishni takomillashtiruvchi muhim omillardir.Muqobil energiya manbalari va ularning yangi turlarini o`zlashtirish barobarida kelajak avlod uchun qayta ishlanmaydigan zahiralar (gaz, neftь, ko`mir)ni saqlab qolish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Iste’molchilarning energiyaga nisbatan oshib borayotgan ehtiyojini to`la qondirish, bu jarayonda atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy ta’sirlarni kamaytirish vazifasi energetika sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirishni, qayta tiklanuvchan, noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishni taqozo etayotir. Demografik va statistik xisoblashlar shuni kursatadiki, 21 asrning oxiriga kelib axoli soni 12 mlrd kishini tashkil kiladi. Usha davrga borib dunyo axolisining kishi boshiga to`g`ri keladigan energiyasi 20 kvt yil bu degani 7,312 Mvt energiyaga to`g`ri keladi. Xozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda ishlab chikarilayotgan energiya kursatkichi (AKD1, Kanada, Shvetsiya, Germaniya, Frantsiya, va Yaponiya) 10 kvt yilni tashkil kiladi. Bu kursatkich 6% ni, ishlab chikarilayotgan energiya 22% davlatda esa 7 kvt yilni 72% davlatda esa 2 kvt yilni tashkil kiladi.
Olimlar va mutaxassislarning fikricha, kuzatilayotgan global isish jarayonlari va boshqa tabiat anomaliyalari ko`p jihatdan organik yoqilg`i turlaridan foydalanadigan issiqlik elektrstansiyalari, sanoat korxonalari ishlashidan hosil bo`ladigan gazlarning, shuningdek, ichki yonish dvigatellaridan chiqadigan ishlatilgan gazlarning atmosferaga chiqarib tashlanishi bilan bog`liq.

Yüklə 16,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin