A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari va ularning



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə36/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari va ularning 
xo‘jaliklari.

Bu elektr stansiyalarda bug‗ qozoni, turbina va generatordan


tashqari bir qancha yordamchi xo‘jaliklari ham mavjuddir. Yoqilg‗ini
tushirish, saqlash va foydalanishga tayyorlash yoqilg‘i xo‘jaligining
mashina va mexanizmlari yordamida

amalga oshiriladi. Ko‗mir vagonlarda


stantsiyaga keltiriladi va omborlarga joylashtiriladi. Katta IES lar bir
sutkada 30 ming tonnagacha ko‗mir iste‘mol qiladi.
Ombordan ko‗mir transportyer lentalari orqali maydalash uchun
maydalagichga uzatiladi va u yerda maydalangan ko‗mir parshalarini
kukun holiga keltirish maqsadida peshma – pesh tegirmonga yuboriladi.
Ko‗mir kukuni qizigan havo bilan birga aralashtiriladi va yoqish uchun
bug‗ qozonining o‘chog‗iga quvurlar orqali ma‘lum bosim ostida
yuboriladi.
Energiya tashuvchi – suv bug‗ini olish uchun bug‗ qozonining ustki
qismida po‗lat quvurchalar joylashtirilgan bo‗lib, bu quvurchalardan
kimyoviy tozalangan toza suv (ichimlik suvi) oqadi. Quvurchalarning
ichki qismida har xil tuzlarning o‗tirib qolmasligi uchun suv albatta
tozalangan bo‗lishi kerak. Qizdirilgan suvli muhit yuqori tempyeraturali va
ma‘lum bosimli bug‗ga aylanadi. Kimyoviy toza suvni olish maxsus
kimyoviy xo‘jalikda amalga oshiriladi.
Yoqilg‗ining yonishi natijasida qozonning o‗chogida kul hamda
tarkibida kul, qattiq zarrachalar va zararli moddalar bo‗lgan gazlar hosil
bo‗ladi. Bu mayda zarrachalardan iborat gazlar ushlab qoluvchi
qurilmalarda tozalanib, tutun chiqaradigan minoralar orqali atmosferaga
chiqarib yuboriladi va hozirgi paytda bu minoralarning balandligi 300
metrgacha etadi. Bug‗ qozonining o‗chogidagi kul suv bilan yuvilganidan



52
hosil bo‗lgan quyqa quvurlar orqali maxsus kul yigiladigan maydonchaga


junatiladi.
Qozondan chiqayotgan bug‗ turbinaga kelib, uni aylantirgandan so‗ng
kondensatorga keladi, u yerda esa bug‗ yana suvga aylantiriladi va nasos
yordamida yana qozonga qaytariladi. Toza suvdan foydalanishning bu
yopiq sikli tozalangan ichimlik suvdan tejamkorlik bilan foydalanish
imkonini beradi.
Kondensator
quyidagi
prinsipda
ishlaydi.
Kondensatorning
quvurchalariga doimiy ravishda sovuq suv berib turiladi. Turbinadan
chiqayotgan issiq bug‗ning kondensator sovuq quvurchalarining ustki
qismiga urilishi natijasida bug‗ kondensatsiyalanadi, ya‘ni suvga aylanadi.
Kondensator uchun sovuq suv alohida suv havzalaridan va daryolardan
olinadi yoki maxsus tayyorlanadi. Bug‗ turbina xujaligi sanab chiqilgan
agregat va qurilmalardan tashqari yana bir qancha qurilma va
xo‘jaliklardan iborat bo‗ladi. Umuman olganda IES ning bug‗ – turbina
xujaligi turli – tuman agregatlarning kattagina texnik majmualaridan
iboratdir.
IES ning elektr xo‗jaligining asosiy agregati bu o‗zgaruvchan tok
mashinasi – sinxron generatordir. Turbina vali generatorning rotori bilan
mexanik bog‘langanligi sababli uning aylanish mexanik energiyasi
generatorda elektr energiyaga aylanadi. Generatorda hosil qilingan
o‗zgaruvchan tok elektr energiya iste‘molchilarga uzatish uchun katta
quvvatli kuchaytiruvchi transformator o‘rnatilgan bo‗lib, uning vazifasi
generatordan chiqayotgan kuchlanishni ko‗paytirib, yuqori kuchlanishli
elektr
uzatish
liniyalari
yordamida
uzoq
masofada
joylashgan
iste‘molchilarga uzatishdan iboratdir.
Elektr energiyani uzoq masofalarga uzatishda uning kuchlanishini
ko‗paytirishdan maqsad, elektr uzatish liniyalarida sodir bo‗ladigan quvvat
isroflarini kamaytirishdir. Ma‘lumki, har qanday o‗tkazgichdan elektr toki
o‗tganida o‗tkazgich qiziydi, bu esa o‗tkazgichdan tok o‗tishi natijasida
hosil bo‗lgan quvvat isrofining issiqlikka o‗zgarishidir. O‗tkazgichdagi
quvvat isrofi tok qiymatining kvadratiga va o‗tkazgichning aktiv
qarshiligiga togri proporsionaldir. Shuning uchun ham elektr uzatish



53
liniyalarida kuchlanishning oshishi tokning kamayishiga olib keladi va bu


esa quvvat isrofini kamaytiradi.
Mahalliy sharoitlarda qo‗llanadigan ko‗chma elektr stansiyalari
(dvijoklar) benzin yordamida elektr energiyasi hosil qiladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin