A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə46/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Kichik gidro energetika.
Hozirgi vaqtda GES larni kichik
gidrostantsiyalar qatoriga kiritishning aniq mezonlari mavjud emas.
Quvvati 0.1 dan 30 MVt bo‘lgan gidrostantsiyalarni kichik deb qabul
qilingan, bunda turbinaning ishchi g‘ildiragi diametrini 2 m gacha bo‘lishi
va birlik quvvati 0.1 MVtdan kam bo‘lgan GESlar mikro GES
kategoriyasiga kiritilgan.
Dunyoda gidroenergetika o‘z taraqqiyoti tarixida uchinchi o‘ramni
boshdan kechirmoqda. Birinchi GESlarning qurilishi oldingi asrda
boshlangan va ular ayrim zavod va qishloqlarni elektr ta`minotiga
mo‘ljallangan. Shundan so‘ng ularning qurilishi, kichik IES
raqobatbardoshligi hisobiga, sekinlashdi. Kichik GESlarning ommaviy
qurilishining ikkinchi bosqichi 40 yillarning oxiri va 50 yillarning
boshlariga to‘g‘ri keladi, bunda kolxozlar, sovxozlar, korxona va davlat
tomonidan minglab kichik GESlar qurildi. 70 – 80 yillarda katta
energetikaning yirik issiqlik, gidravlik va atom elektr stantsiyalar bazasida
tez rivojlanishi hisobiga, minglab va yuzlab kichik GESlar foydalanishdan
chiqarildi, konsyervatsiya qilindi.
Uchinchi rivojlanish bosqichida kichik GESlar, tabiatni asosiy
energetik qurilmalarning yangi texnik darajasida, avtomatlashtirish va
kompyutyerlashtirish darajasida qayta tug‘ilmoqda.
Shamol energiyasi. 
Bugungi kunda Shamol energiyasidan asosan
elektr energiyasi olish uchun foydalaniladi. Quyosh mavjud ekan, shamol
esadi va u qayta tiklanadigan energiya manbasi hisoblanadi.



67
Manbalarda keltirilishicha, miloddan oldingi II asrda Fors o‗lkasida


don yanchish maqsadida ilk marta shamol tegirmonlari qo‗llanila
boshlangan. XIII asrga kelib bunday qurilmalar Yevropaga kirib borgan.
Elektr toki ishlab chiqarishga mo‗ljallangan shamol elektr stansiyasi
(ShES)ning dastlabkisi esa 1890 yilda Daniyada bunyod etilgan. XX
asrning 40–70 yillarida ushbu soha inqiroz davrini boshidan kechirgan.
Nihoyat, 1980 yillarga kelib AQSHning Kaliforniya shtatida SHES
yordamida elektr ishlab chiqaruvchilar uchun qator imtiyozlarning
yaratilishi bilan sohaga bo‗lgan qiziqish yana jonlana boshlagan.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin