A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Yer va suvlarning ichki energiyasi (Geotermal energiya)



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə49/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Yer va suvlarning ichki energiyasi (Geotermal energiya). 
Yer
yuzasi quyosh singari issiqlik energiyasini nurlantiradi. Bu energiya
geotermal energiya
deb atalib, u odamlarni issiqlik va elektr energiyasi
bilan ta‘minlashi mumkin. Uni ishlab chiqarish atrof-muhitni
ifloslantirmaydi, ya‘ni ekologik toza hisoblanadi.
Geotermal energiya yerda yonuvchi gazlar va kosmik changlar
aralashish jarayoni natijasida 4 milliard yil avval paydo bo‗lgan. Yer
yadrosining 6,5 ming kilometr atrofidagi chuqurligida tempyeratura 5000
gradusgacha ko‗tarilishi mumkin.
Qadimda odamlar yer ostidan otilib chiqqan qaynoq va issiq suv
manbalaridan davolash maqsadida foydalanganlar. Vaqt o‗tishi bilan bu
shifobaxsh suvlardan boshqa maqsadda ham foydalana boshlagan.
Qadimgi rimliklar Pompey shahrida geotermal suv yordamida o‗z
binolarini isitish tizimini yaratgan. Amerikalik hindular esa deyarli 10000
yil avval issiq suv manbalaridan ovqat pishirish uchun foydalanganlar.
Yer ostidagi issiq suv, issiq havo yoki bug‗ energiyalaridan, hozirgi
texnologiyalar bilan elektr energiyasi ishlab chiqarish va xonani isitish
uchun foydalanish mumkin.
Bioenergetika
– bu bioyoqilg‘idan foydalanishga asoslangan
energetika. U o‘simlik chiqindilari, biomassani sun`iy yetishtirish (suv
o‘simliklari, tez o‘sadigan daraxtlar) va biogazni olishni o‘z ichiga oladi.



71
Biogaz – biomassa yoki organik maishiy chiqindilarning biologik


parchalanishi jarayonida hosil bo‘ladigan yonuvchi gazlarning aralashmasi
(texnik tarkibi: - 55-65% metan, 35-45% - karbonot akngidrid gazi, azot,
vodorod va oltingugurt vodorod aralashmasi). Biogazni sanoatda olish
yo‘li, o‘tgan asrdan oldingi 1885 yilda ma`lum bo‘lgan. Dunyoda 8
mln.dan ortiq biogaz oluvchi qurilmalar mavjud.
Biomassa
— chiqindini yoqish natijasida olinadigan energiyadir.
Amalda biomassa bu — chiqindi. Qurigan daraxt yoki ularning shox-
shabbasi, tomorqadan poliz o‗simliklarining ildizpoyalari, yog‗och qobig‗i
va qirindilari kabilardir. Bunday chiqindilar tarkibi chorva fermalarida
ozuqa va to‗shama sifatida ishlatiladigan somon hamdir.
Biomassadan foydalanish juda oddiy. Maxsus pechlar yoqilib,
qozonlarda suv isitiladi, bug‘ga aylantirib va elektr energiyasi olish uchun
tso‘minalar aylantiradi.
Biomassa energiyasi

biomassani chiqitga chiqarish, biogaz olish va
foydalanish energetikaning istiqbolli yo‗nalishi hisoblanadi. Biomassa
manbalariga qattiq maishiy, sanoat chiqindilari, shaharning loyqa va oqava
suvlari va chorvachilik, o‗simlik qoldiqlari, o‗rmon mahsulotlari, xususan,
yog‗och tayyorlash va jo‗natishda, yog‗och matyeriallari ishlab
chiqarishdagi, yog‗och, qog‗oz massalari va boshqa chiqindilar kiradi.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‗ra, biomassadan olinadigan
energiya O‗zbekiston energetika ehtiyojining 15–19 %ni qonidira oladi.
Energiya ishlab chiqarishning bunday usuli, ma‘lum darajada atrof-
muhitni muhofaza qilish muammosini hal etishda mamlakat qishloq
xo‗jaligini yuqori sifatli o‗g‗it bilan ta‘minlaydi. Biogaz uskunalari alohida
parranda fabrikalari va bo‗rdoqichilik, chorvachilik komplekslarida
sinovdan muvaffaqiyatli o‗tgan edi. Lekin hozircha keng tarqalmadi,
ommalashmadi. 1.9-rasmda biogaz ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlash
prinsipi va 1.6-jadvalda esa biogaz tarkibini ko‘rishimiz mumkin.



72


Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin