75
1.11.Elektr yuklama grafiklari
Hozirgi zamon sanoat korxonalarining elektr ta‘minotini loyihalashda,
ya‘ni asosiy va murakkab bo‗lgan texnik-iqtisodiy
masalalarni rasional
yechishda, kutiladigan elektr yuklamalarni to‗g‗ri aniqlash muhim o‗rin
tutadi. Elektr yuklamalarni ahamiyati loyihalanayotgan elektr ta‘minoti
tizimini butun elementlarini tanlashni aniqlaydi, hamda elektr ta‘minoti va
texnik iqtisodiy ko‗rsatkichlarni hisoblashga yordam beradi. Kutiladigan
elektr yuklamalarni to‗g‗ri baholash elektr ta‘minoti
tizimida kapital
xarajatlar, rangli metallar chiqimi, elektr energiya
isrofi eksplutatsiya
xarajatlariga ta‘sir etadi. Elektr yuklama yakka holatda yoki iste‘molchilar
guruhining elektr energiya iste‘molini sexlarda va butun zavod bo‗yicha
xarakterlaydi.
Elektr yuklamalarning asosiy ko‗rsatkichlari aktiv R, reaktiv Q
quvvat va tok I, hisoblanadi. P, Q, I=f(t)-o‗zgarishi elektr yuklamalarning
grafigi deb ataladi.
Iste‘molchilarning guruhini vaqt bo‗yicha umumiy quvvatlari va toki
quyidagicha aniqlanadi:
;
1
t
t
P
n
i
i
P
(1.1)
;
1
t
t
Q
n
i
i
Q
(1.2)
U
Q
P
U
S
H
H
n
i
i
t
t
t
t
I
3
3
/
2
2
1
(1.3)
Individual elektr yuklamalarning grafigi: siklli, siklsiz, davriy,
rostlanmaydigan turlarga bo‗linadi.
Individual elektr yuklamalarni grafiklarini 1.11-rasmda ko‗rib chiqamiz.
Elektr ta‘minotida elektr yuklamalar: kuch transformatorlarni soni va
quvvati, konpensatsiya qiluvchi qurilmalarning
quvvati va ulanish joyi
ruxsat etilgan qizishi bo‗yicha tok o‗tkazuvchi elementlarni tanlash va
tekshirish, kuchlanishni tebranishi va isrofini
hisoblash hamda tanlash
uchun kerak bo‗ladi.