77
Maksimal yuklama deb elektr ta‘minoti tizimining yuklamali
shunday katta bir qiymatiga aytiladiki, bunda elementlar ma‘lum vaqt
oralig‗ida temperaturasi o‗rnatilgan qiymatiga yetadi. Maksimal
yuklamalarni aniqlash ikki davrda bajariladi. Birinchi davrda yakka
iste‘molchilarni, bo‗lak sexlarni va ishlab chiqarish uchastkalarini hamda
butun korxonani yuklamalari aniqlanadi.
Birinchi davrda elektr ta‘minoti tizimi (ETT)da
reaktiv quvvat
manbalari hisobga olinmaydi. Bu elektr yuklamalarning natijasi: kuch
transformatorlar soni va quvvati va shu bilan bergan kompensatsiya
qiluvchi qurilmalarni quvvati hamda ulanish joyini aniqlash uchun
foydalaniladi.
Ikkinchi davrda butun elektr ta‘minoti tizimi uchun elektr
yuklamalarni konpensatsiya qiluvchi qurilmalarni quvvati va ulanish
joyini hamda SDni reaktiv quvvatidan foydalanish
darajasini hisobga
olib, hisoblash ishlari bajariladi.
1.12. Issiqlik va elektr energiyasini uzatish va iste’mol qilish
Elektr energiyasi sanoati
elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni
isteʻmolchilarga uzatish tarmoqlaridan iborat. Ushbu tarmoq mamlakat
yoki iqtisodiy rayon miqiyosida sanoatni joylashtirishga muhim taʻsir
koʻrsatadi. Bu taʻsir ikki yoʻnalishda sodir boʻladi:
Birinchi yoʻnalish
elektr energiyani katta masofaga uzatishdan iborat.
Bu esa mamlakatning barcha xududlarida sanoatni rivojlantirishga imkon
beradi.
Ikkinchi yoʻnalish
moʻl-koʻl va arzon
elektr energiyasi ishlab
chiqaradigan xududlarda energiyani koʻp talab qiladigan sanoat
tarmoqlarini joylashtirishdan iborat.
Elektr energiyasini koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlariga titan,
alyuminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk, sintetik ammiak ishlab
chiqarish kiradi. Bir tonna titan ishlab chiqarish uchun 60 ming kVt/soat,
magniy uchun 26 ming kVt/soat, alyuminiy ishlab chiqarish uchun esa 20
ming kVt/soat elektr energiyasi sarf boʻladi. Demak, ishlab chiqarilgan
maxsulot tan narxining asosiy qismini energetika harajatlari tashkil qilsa,
bunday ishlab chiqarish koʻp energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb
78
ataladi. Elektr energiyasini kamroq talab qiladigan tarmoqlarga qora
metallurgiya (elektrometallurgiyadan tashqari), soda va qogʻoz ishlab
chiqarish, mashinasozlik, mebel, fanera va toʻqimachilik sanoati kiradi.
Elektr energiyasi sanoatini joylashtirishda quyidagi omillar hisobga
olinadi: a) yoqilgʻi va gidroenergetika resurslari; b) ishlab chiqarishdagi va
elektr energiyani uzatishdagi texnika taraqqiyoti; v) isteʻmolchining
joylashishi.
Ushbu tarmoqning asosiy hususiyati shundan iboratki, elektr energiya
ishlab chiqarish uni isteʻmol qilish bilan bir vaqtga toʻgri keladi.
Mamlakat
xalq xoʻjaligi yoki iqtisodiy rayon xoʻjaligi uchun ishlab chiqarilgan
energiya tannarxining past boʻlishi katta ahamiyatga ega.
Elektr energiyaning tannarxi elektr stantsiyalarda ishlatiladigan
yoqilgʻini qazib olish va tashib kelishga ketadigan harajatga bogʻliq. Shu
sababli, elektr stantsiyalarni qurish uchun joy tanlanayotganda yoqilgʻini
tashib kelishga va elektr energiyani isteʻmolchiga yetkazib berishga
ketadigan harajatlar hisobga olinadi. Agar yoqilgʻini tashib kelish harajati
elektr energiyani uzatish harajatidan ortiq boʻlsa, elektr stantsiyani yoqilgʻi
manbaiga yaqin, agar energiyani uzatish qimmatga tushsa, uni
isteʻmolchiga yaqin quriladi.
Ayrim xollarda, elektr energiya juda koʻp
talab qilinadigan joylarda elektr stansiyalar boshqa joydan keltiriladigan
yoqilgʻiga moʻljallab quriladi.
Hozirgi paytda elektr energiyasini uzatish mumkin boʻlgan masofa
yildan-yilga uzayib bormoqda. Elektr energiyani uzoq masofaga uzatish
mumkinligi uni yoqilgʻining boshqa turlariga qaraganda afzalroq qilib
qoʻymoqda. Bu esa quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi:
-yoqilgʻining
maxalliy turlaridan toʻla
va har tomonlama
foydalanishga;
-yirik va qudratli elektr stantsiyalar qurishga;
-xoʻjalikning hamma tarmoqlarida elektr energiyadan foydalanishga.
Elektr energiyasi issiqlik elektr stantsiyalarda (IES), gidroelektr
stantsiyalarda (GES), issiqlik elektr markazlarida (IEM), atom elektr
stantsiyalarida (AES) va noanʻanaviy elektr energiyasi olish stantsiyalarida
ishlab chiqariladi. Jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning
70 %dan ortigʻi IESlarda ishlab chiqariladi.
Ular ancha tez va arzon
79
quriladi. Ularning quvvatini 6 mln kVt dan oshirish mumkin. IESlarni
qurishda elektr resurslari, ishlab chiqarish va transport sharoitlari, qurilish
harajatlari va muddatlari hamda stantsiyani ekspluatatsiya qilish nazarda
tutiladi.
Dostları ilə paylaş: