69
baland bo‗lmagan joylarda optimal ishlaydi. Shunday hududiy
imkoniyatlarga ega bo‗lgan Gyermaniya hozirgi vaqtda shamol
energiyasidan foydalanish bo‗yicha jahonda etakchilik qilmoqda. Mazkur
mamlakatda so‗ngi yillarda 9000 MVt quvvatli SHESlaridan olishga
erishgan va bu jarayon jadal davom etmoqda. Hozir Yevropa mamlakatlari
sanoatining SHESlar bilan bog‗liq tarmoqlarida 60000 dan ziyod kishi
doimiy ish bilan ta‘minlangan. 2020 yilga borib, Gyermaniya 20 foiz
elektr energiyasini SHESlar yordamida ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Yevropa Ittifoqining boshqa a‘zolari esa 180.000 MVt quvvatli SHESlar
o‗rnatishni mo‗ljallayotgan bo‗lsa, Xitoy o‗zining milliy taraqqiyot
dasturida 30.000 MVt quvvatga ega shunday stansiyalarni qurishni
ko‗zlamoqda. Bulardan tashqari, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Kanada,
Hindiston, Yaponiya, Ispaniya, Yangi Zelandiya yaqin kelajakda shamol
energetikasi sohasini maqsadli rivojlantirish bilan bog‗liq Davlat rejalari
ishlab chiqqanligi haqida ma‘lumotlar bor. Xalqaro energetika agentligi
taxminlariga ko‗ra, 2030 yilga borib sayyoramizda shamol energiyasiga
bo‗lgan ehtiyoj 4800 gegavattni tashkil etadi.
Masalaning boshqa bir tarafi ham bor, shamol energetikasini
amaliyotga tatbiq etish bilan bog‗liq ayrim muammolar mavjud. Jumladan,
shamol tabiatining beqaror ekanligi SHESlarda bir maromda energiya
ishlab chiqarishga ta‘sir ko‗rsatadi. Shuni inobatga olgan holda, bunday
elektr stansiyalarda quyosh batareyalaridan foydalanishni yo‗lga qo‗yish
mumkin. Aynan shu yo‗l bilan noan‘anaviy elektr energiyasi to‗planadi va
uzluksiz ta‘minotga erishiladi. Shuningdek, shaharlar yaqinidagi ko‗p sonli
va zich joylashgan shamol inshootlari u yerdagi tabiiy havo almashinuviga
putur etkazishi mumkin. Ulardan hosil bo‗ladigan mexanik va aerodinamik
shovqinlar odamlarning aqliy faoliyatiga xalaqit berishi ham istesno
etilmaydi. Bundan tashqari, mazkur stansiyalar faoliyati davomida o‗zidan
past chastotali tebranishlar tarqatadi. Bu tebranishlar yaqin masofadagi
binolarning devorlari va dyeraza oynalari mustahkamligini o‗ziga xos
sinovdan o‗tkazadi.
Umuman olganda, shamol energetikasi iqtisodiy taraqqiyot va
ekologik soflikka xizmat qilishi ayni haqiqatdir. Mamlakatimizda ham
bunday muqobil energiya manbalariga ehtiyoj bor.
70
Bugungi kunda mamlakatning shamollar atlasi tuzilgan. Unga ko‗ra
shamol energiyasining yalpi imkoniyati 2,2 mln.t.n.e. deb baholanmoqda,
uning texnikaviy imkoniyati esa – 0,427 mln.t.n.e.ga teng. Mamlakat
hududining 75 foizi shamol kuchi yordamida energiya hosil qilish uchun
foydalanishga yaroqsiz. Bunga tekis yerlar kiradi, u yerdagi shamol
oqimlari mavsumiga bog‗liq. Shu bilan birga ikkita mintaqa
Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Toshkent viloyati shamol elektr
stansiyalarini qurish uchun yaxshi sharoitlarga ega.
Ta‘kidlanishicha, shamol energetikasiga eng ko‗p e‘tibor hamon
Gyermaniya tomonidan qaratilmoqda, keyingi o‗rinlarda Ispaniya, Buyuk
Britaniya va Fransiya bormoqda.
Dostları ilə paylaş: