Международный научный журнал № 3 (100), часть 1
«Научный импульс» Октябрь, 2022
226
O’ZBEKISTON HUDUDIDA SHAMOL ENERGETIKASINI JADAL RIVOJLANTIRISH
Qodirov Alibek Hamrayevich
Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti “Fakultetlararo umumtexnika fanlari
kafedrasi” o`qituvchisi
Do`schanov San`at Kurbanbayevich
Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti “Fakultetlararo umumtexnika fanlari
kafedrasi” o`qituvchisi
Sapayev Navro`z Axmedjon o`g`li
Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti 2-bosqich magistri
Annotatsiya: Ushbu maqola O’zbekiston hududida shamol energetikasidan
foydalanish istiqbollari va innovatsiyalari to’g’risida yoritilgan.
Kalit so’zlar: Shamol energetikasi, shamol generatori, shamol turbinalari
KIRISH
So‘nggi yillarda mamlakatimizda, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini
jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar
amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, elektr energetikasi tarmog‘ida mavjud imkoniyat va
salohiyatdan yetarlicha foydalanilmayotganligi ko‘zlangan islohotlarni samarali amalga
oshirish va mamlakatni jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda. Resurs va energiya
tejaydigan texnologiyalarni joriy etish darajasining pastligi, tegishli infratuzilmani yangilash
sur’atlarining sustligi texnologik yo‘qotishlarning oshishiga va elektr energiyasini yetkazib
berishda, ayniqsa joylarda muntazam uzilishlarga olib kelmoqda.
Asosiy qism.
Hozirgi kungacha ishlab chiqarilayotgan elektr energiyalarini qayta tiklanmaydigan
energiya resurslaridan olinishi va ularni xalq is’temolida foydalanilishi, energiya
resurslarini esa kundan-kunga kamayib ketishiga olib kelmoqda. O’zbekistonda elektr
energiyasini ishlab chiqarish uchun asosiy xom-ashyo sifatida qayta tiklanmaydigan
energiya resurslari (ko’mir, tabiiy gaz, mazut, neft va neft mahsulotlari va boshqalar)dan
foydalanilmoqda. Bu energiya manbalaridan foydalanish, birinchi navbatda ekologiyaga
zarar keltirsa, keyingi o’rinda resurs tanqisligiga olib keladi. Bu kabi muammolarni
yechimini toppish va bartaraf etish bugungi kundagi asosiy masalardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston respublikasi ko’pgina hududlarida shamol oqimining uzluksiz kuchli esishi
aniqlangan. Bu esa shu hududlarda shamol energetikasidan foydalanishga imkon beradi.
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1
«Научный импульс» Октябрь, 2022
227
Shamol energetikasi ko’plab mamlakatlar energetiklari e’tiborini tortmoqda. Chunki,
shamollarning yillik nazariy zahirasi yer yuzidagi barcha energiya zahiralardan 100
marta ortiq bo‘lib, 3300 x 1012 kvt/ soatni tashkil qiladi. Ammo bu energiyaning
faqatgina 10-12% foydalanish mumkin.
Iqtisodiy jihatdan joydagi shamolning tezligi 5m/s dan kam bo’lmasa shamol
generatoridan foydalanish maqsadga muofiqdir.
“Inter Gopa” (Germaniya) va GEO NET (Germaniya) kompaniyalari tomonidan
uyushgan holda, “Qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish salohiyatini
baholash” hamda O’zbekiston Respublikasida shamol energiyasi salohiyatini baholash
ishlari amalga oshirildi. Ushbu ish natijalariga ko‘ra respublikaning shamol energetikasi
salohiyatining atlasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda shamol energiya stansiyalarni ikki
hududda qurish tavsiya etilgan.
“Nukus” va “Zarafshon” hududlari shamol energetikasining kelajakdagi rivojlanishi
uchun salmoqli salohiyatga egadir. Shuni hisobga olib yurtimizda shamol energiyasidan
elektr energiyasi olishni yanada rivojlantirish mumkin va bu bilan kelejak avlod uchun tabiiy
gazni ma’lum bir miqdorda tejashga erishiladi. Bundan tashqari shamol turbinalarinig
ikkita asosiy turlari mavjud: vertikal va gorizontal aylanish o‘qli. Vertikal o‘qli
turbinalar kichik tezlikdagi shamollarda ishlaydi, shuning uchun ular past samarali
hisoblanadi. Shuning uchun vertikal o‘qli turbinalar juda kam qo‘llaniladi. Asosan ular uy
uchun o‘rnatiladi. Uy uchun kuriladigan shamol qurilmalarini qo‘llash tez sur’atlar bilan
rivojlanib bormoqda.
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1
«Научный импульс» Октябрь, 2022
228
Odatda uncha katta bo‘lmagan uy uchun 1 kVt atrofidagi elektroenergiyani 9 m/s
tezlikda esayotgan shamol energiyasidan olish mumkin. Yurtimizning adirlik, tog’ va tog’
oldi hududlarida vertikal o‘qli turbinalardan xonadonlar uchun shamol generatorlari sonini
ko’paytirish shamol energiyasidan foydalanish istiqbolining rivojiga salmoqli hissa
qo’shadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1. Majidov T.Sh. “Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari”
Toshkent – 2014.
2. Elektr energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash. Gayibov T.Sh.,
Shamsutdinov H.F., Pulatov B.M. Toshkent-2015.
3. O’zbekistonda qayta tiklanadigan energetikani rivojlanish istiqbollar,
YUNDP, Toshkent 2007
Dostları ilə paylaş: |