Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya muhitini rivojlantirish borasida tegishli huquqiy asoslar yaratilgan boʻlib, kafolat va imtiyozlarni oʻzida aks ettiruvchi bir qancha meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Ularda xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitiga sharoit hamda zarur investitsiyaviy infratuzilmaning yaratilishini nazarda tutuvchi normalar belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, mamlakatimizda hukm surayotgan siyosiy barqarorlik hamda boy tabiiy mineral resurslarning mavjudligi investitsiya muhitini rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigini keng ochadi. Biroq zamon bilan hamnafas ravishda taraqqiy etish uchun bularning oʻzi kifoya qilmaydi. Chunki shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo hamjamiyati reytinglarida munosib oʻrinlarni egallash uchun yangi zamonaviy gʻoyalarni oʻylab topish zarurati yuzaga kelmoqda. Xorij investitsiyalarini keng miqyosda jalb qilish — iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash, yuqori texnologik raqobatdosh tarmoqlarni yaratish, ilgʻor xorij texnologiyalari, nou-xau va boshqaruv tajribalarini tatbiq etish imkonini beradi.
Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo‘nalishlari.
investitsiya manbalari ichki va tashqi turlarga bo‘linadi