Xorij tajribalaridan foydalanish masalalar



Yüklə 212,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix12.09.2023
ölçüsü212,11 Kb.
#142795
  1   2   3   4   5
Xalilova Maftuna Raxmonovna



O‘ZBEKISTONDA TRANSPORT-LOGISTIKA KLASTERI BO‘YICHA 
XORIJ TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH MASALALAR 
 
Xalilova Maftuna Raxmonovna 
TDIU, 2-bosqich magistranti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Mamlakatimizda transport-logistika 
klasterlarini rivojlantirish uchun potentsialdan foydalanish samaradorligini 
oshirish zarurati iqtisodiyotning raqobatdoshligi va diversifikatsiyasini 
oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda 
yetakchi rolni yuklarni muqobil transport turlariga ko‘chirish uchun chegara 
temir yo‘l stansiyalarida xalqaro transport koridorlari kesishmasida yaratilishi 
kerak bo‘lgan transport-logistika klasterlari o‘ynaydi. 
Kalit so’zlar: Transport logistikasi, klister, transport tizimi, xalqaro 
lokistika, logistika markazlari. 
Asosiy 
qism:
O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar 
Strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
yo‘nalishariga 
bag‘ishlangan 
bandida 
”Tarkibiy 
o‘zgartirishlarni 
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va 
difersifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, erkin 
iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil etish, 
amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish, klasterlar faoliyatini tashkil 
etish, xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni 
shakllantirishda xizmatlar 
roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan 
xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori 
texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish, logistika va yo‘l-transport 
infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish 
tizimiga raqamlashtirish usullarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni 
saqlash, transportirovka qilish va sotish, moliyaviy va boshqa zamonaviy 
bozor xizmatlarni ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish” kabi 
vazifalar keltirilgan. Shulardan kelib chiqqan holda, bugun mamlakatimizni 
modernizasiya qilish va yangilash, yangi O‘zbekistonni yaratish, 
iqtisodiyotimizning sifat jihatdan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini 
shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish bo‘yicha barcha 
rejalarimizning 
muvaffaqiyatli 
amalga 
oshirilishi 
yo‘l-transport 
va 
kommunikasiya infratuzilma tarmoqlarini yuksak sur’atlar bilan rivojlantirishga 
uzviy bog‘liqdir.[1] 
Kirish.
Transport-logistika klasteri mintaqaviy klasterlarning alohida turi 
bo
‘lib, ularning infratuzilmaviy kelib chiqishiga ko‘ra boshqa mintaqaviy 
darajadagi iqtisodiy klasterlar va tarmoqlarni shakllantirish va rivojlantirish 


uchun asos bo
‘lib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun vaqtincha 
birlashayotgan xo
‘jalik yurituvchi sub’ektlar guruhlari tomonidan iqtisodiy 
faoliyatni rejalashtirish kabi tushunchani anglatadi.
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot 
strategiyasi
” ham logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor 
vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalarni samarali ijrosini ta
’minlash logistik 
zanjirlarida boshqaruvning takomillashtirishni taqozo etadi. Ko
‘zda tutilgan 
vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi logistik zanjirlarida boshqaruv 
jarayonlarini modernzatsiyalash orqali korxonalarining raqobatbardoshligini 
hamdsa logistic zanjirlarida harajatlar optimallashuvini ta
’minlashgaqaratilgan 
boshqaruv mexanizmlari va modellarini takomillashtirish yo
‘nalishdagi chora-
tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshirishni taqozo etadi.[2] 

Yüklə 212,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin